Duşanba kuni Hörmuz böğozi yaqinida AQŞ armiyasining «Apache» zarbdor vertolyoti qulab tuşdi va uning ikki nafar ekipaj a’zosi soğ-salomat qutqarib olindi. Bu haqda voqeadan xabardor bölgan ikki manbaga tayanib New York Times naşri ma’lum qildi.

Manbalardan biriga köra, «Apache» Eron zarbasi natijasida urib tuşirilganimi, texnik nosozlikka uçraganmi – hozirça aniq emas. Ayni paytda hodisa yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Uşbu voqea mintaqada harbiy harakatlar keskinlaşib, söngra biroz pasaygan kunlardan keyin yuz berdi. Ayni yakşanba va duşanba kunlari Isroil va Eron ortga çekinişdan oldin özaro harbiy zarbalar almaşgandi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp seşanba kuni ertalab jurnalistlarga ekipaj a’zolarining ahvoli yaxşi ekanini aytdi. U boşqa tafsilotlarni oçiqlamadi va yaqin orada voqea yuzasidan rasmiy hisobot e’lon qilinişini bildirdi.

AQŞ armiyasi Markaziy qömondonligi va Davlat departamenti hozirça holatga izoh bermadi.

Mintaqada blokada va yöqotişlar

Eron blokadasiga javoban Qöşma Ştatlar 13 aprel kuni öz blokadasini joriy etdi va tijorat kemalarining Eron portlariga kirişi yoki u yerdan çiqişini taqiqlab qöydi. Öşandan beri AQŞ harbiy kemalari 134 ta kemani ortga qaytardi.

AQŞ harbiylari Hörmuzda «Apache» vertolyotlari, qurollangan MQ-9 Reaper dronlari hamda F/A-18 va F-35 qiruvçi samolyotlaridan foydalanib kelmoqda. Bu çoralar Markaziy qömondonlikning Eronga qarşi blokada harakatlarining bir qismidir.

2026-06-09 13.31.37

Naşrning yozişiça, uruş boşlangan 28 fevraldan buyon Eron AQŞning 30 ga yaqin Reaper dronlarini urib tuşirdi. Şuningdek, AQŞning bir neçta qiruvçi samolyotlari - duşman va özlarining notöğri öt oçişi (friendly fire) natijasida boy berildi. Biroq, bu – uşbu mojaroda yöqotilgan ilk «Apache» vertolyoti bölişi mumkin.

«Hellfire» raketalari bilan qurollangan AH-64 «Apache» zarbdor vertolyoti mintaqada faoliyat yuritayotgan eng dahşatli harbiy aviatsiya turlaridan biridir.