Keksa yoshdagi insonlar umrini uzaytirish usuli ma'lum qilindi
London Universitet kolleji olimlari keksa yoshdagi insonlarning hayotdan mamnun bo‘lishlari umrlari davomiyligiga ta'sir ko‘rsatishini aniqlashdi. Bu haqda BMJ jurnalida xabar berilgan.
Olimlar 50 dan katta bo‘lgan hamda o‘rtacha yoshi 63 yilni tashkil etgan to‘qqiz ming insonni so‘rovdan o‘tkazishdi. Tadqiqot 2002-2006 yillar oralig‘ida bo‘lib o‘tgan. Ishtirokchilarga o‘z hayotlaridan qanchalik mamnun ekanliklari borasida bir necha savollar berildi. Shundan so‘ng bu ma'lumotlar o‘lim holati ko‘rsatkichlari bilan solishtirilgan.
Kuzatuvlar vaqtida tadqiqotning 1310 qatnashchisi vafot etdi. Shu bilan birga, hayotdan ko‘z yumganlarning aksariyati undan lazzat olmaganliklarini bildirishgan. Ish mualliflarining fikricha, so‘rovdan qatnashganlarning o‘z hayotidan mamnun bo‘lmasligi og‘ir xastalik yoki boshqa sabablarga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Mutaxassislarning aniqlik kiritishicha, ularning tadqiqoti sub'yektiv halovat keksa yoshdagi insonlarning sog‘lig‘i va jismoniy holati uchun muhim ekanini ko‘rsatib bergan. Olimlar bunday kishilarga ko‘proq quvonish va hayotdan lazzatlanishni maslahat berishmoqda.