OAV: Buyuk Britaniyada Rojdestvo vaqtida fuqarolik aviatsiyasi vakillari ish tashlashmoqchi

Foto: AP
Rojdestvo bayrami vaqtida Buyuk Britaniyaning British Airways aviakompaniyasi bortkuzatuvchilari ish tashlashmoqchi. Bu haqda 16 dekabrda OAV ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, norozilik aksiyalari 25-26 dekabrlarga belgilangan. Unite kasaba uyushmasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi ish tashlashda kompaniyaga 2010 yildan ishga kirgan 4,5 ming xodim ishtirok etishi mumkin. Ular past ish haqiga qarshi norozilik bildirishmoqda.
Buyuk Britaniyaning eng yirik aviakompaniyasi kasaba uyushmalarning bu qarorini "rejalashtirilgan, berahm va mutlaq keraksiz aksiya" deb atadi. Kompaniya, shuningdek, ish tashlash uzoq masofalarga belgilangan parvozlarga ta'sir qilmasligini aytdi.
Agar bu ish tashlash o‘tkazilishi tasdiqlansa, u Rojdestvo ta'tillarining eng qizg‘in vaqtiga belgilangan boshqa norozilik aksiyasidan keyinoq bo‘lib o‘tadi. 16 dekabrda Unite Buyuk Britaniyaning 18 ta yirik aeroportida 48 soatlik ish tashlashlar o‘tkazilishini ma'lum qilgandi. 23 dekabrda soat 00:01 da boshlanadigan aksiyada dunyodagi eng yirik kompaniya – aeroport xizmatlari ko‘rsatuvchi Swissport’ning 1,5 ming xodimi ishtirok etishi kerak. Unga ko‘ra, reyslarni qayd qiluvchi xodimlar, yukka javob beruvchi operatorlar va yuk tashuvchilar ishlamaydilar. Ular ham maoshlari oshirilishini talab qilmoqdalar.
Norozilik aksiyasi bilan Londonning 4 ta aeroporti, jumladan, Xitrou ham qamrab olinadi. Bundan tashqari, Londonning Gatvik, Lyuton, Stansted aeroportlari, Aberdin, Belfast, Birmingem, Bristol, Bornmut, Sharqiy Midlend, Glazgo, Donkaster, Kardiff, Lids, Manchester, Nyukasl, Sautgempton va Edinburg aeroportlari xizmatidan foydalanuvchi yo‘lovchilar ham muammolarga duch kelishlari mumkin.
Aeroport xodimlari ularga taklif qilingan shartlarga, ya'ni 3 yil ichida (2015-2017 yillarda) maoshlari 4,65 foizga oshirilishiga ko‘nmay, maoshlari ko‘proqqa oshirilishini talab qilmoqdalar.
"Biz bu vaqt Buyuk Britaniya aeroportlaridagi eng qizg‘in vaqtligini hisobga olib, kompaniyalarni konstruktiv muloqot olib borishga chaqirmoqdamiz", deb aytgan kasaba uyushma vakili Oliver Richardson.
Rim-katolik cherkovi va ko‘pchilik protestant cherkovlari Rojdestvo bayramini 25 dekabrda nishonlaydilar.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yer qarida ulkan oltin zaxiralari borligi aniqlandi
Jahon | 00:12
-
Malta iyun oyida Falastin mustaqilligini tan oladi
Jahon | 23:20 / 25.05.2025
-
SpaceX kompaniyasi Starship kemasi portlashiga nima sabab bo‘lganini e’lon qildi
Jahon | 22:35 / 25.05.2025
-
AQSh Federal zaxira tizimi sobiq xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda
Jahon | 21:46 / 25.05.2025
Mavzuga oid

18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi

09:04 / 21.05.2025
Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana kuchaytirdi

17:04 / 20.05.2025
BBC sionizm haqidagi posti uchun Gari Linekerni ishdan bo‘shatdi

14:34 / 20.05.2025