Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Eurostar poyezdidagi yo‘lovchilar 2 soat vagonlarda qamalgan holda qolib ketishdi
Foto: AFP 2016/ Andrew Cowie
Lilldan Bryusselga ketayotgan Eurostar tezkor poyezdining 450 yo‘lovchisi ikki kimsa sababli ikki soatga yaqin vagon ichida qamalgan holda qolib ketishdi, deb ma'lum qildi RTL-tvi telekanali.
Voqea 16 dekabr kechki payt yuz bergan, biroq u haqda 17 dekabrda ma'lum bo‘lgan.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, poyezd mashinisti poyezd ustiga ikki noma'lum kimsa chiqib olganini ko‘rgach, poyezdni favqulodda to‘xtatib, xavfsizlik chorasi sifatida uni elektr ta'minotidan uzib qo‘ygan. Politsiyachilar bezorilarni tuta olmaganlar.
Qorong‘ida qolib ketgan yo‘lovchilarga adyollar berilgan, ular orasida sarosima ko‘tarilmagan.
Bezorilarni topish samara bermagach, poyezd Lillga qaytgan. Yo‘lovchilarga Eurostar kompaniyasidan mehmonxonada tunni bepul o‘tkazish, ularni uylarigacha taksida yoki oddiy poyezdda Bryusselgacha yetkazib qo‘yish taklif qilingan. Shuningdek, chiptalar narxi miqdorida tovon puli to‘lash kafolatlangan.
Mavzuga oid
13:09 / 29.11.2025
Bryussel – Ukrainaga: Agar YeIga kirmoqchi bo‘lsangiz, korrupsionerlarni sud qiling
23:01 / 22.10.2025
O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi: iqtisodiy sheriklikning yangi bosqichi
20:45 / 14.06.2021
Cadillac One. Bryussel safarida Baydenga hamrohlik qiluvchi 10 tonnalik «maxluq» haqida nimalar ma'lum?
19:51 / 08.04.2020