Jahon | 21:02 / 18.12.2016
9147
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliya respublikaga aylanadimi?

Foto: AP

Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbull Avstraliyada respublikacha tuzumning kiritilishini ommaviy ravishda qo‘llab-quvvatladi. Uning fikricha, bu bo‘yicha qaror to‘g‘ri vaqtda qabul qilinishi kerak, deb xabar bermoqda Avstraliyaning ABC telekompaniyasi.   

Ternbull Avstraliya respublikachilar harakati qurultoyidagi nutqida Avstraliya o‘z davlat tuzumini o‘zgartirib, respublikaga aylanishi mumkinligini aytdi. "Bizda bunda vatanimizga muhabbatdan boshqa sabab yo‘q... Biz o‘zimizga birdam va avstraliyaliklar ekanimizni aytib kelamiz va bizning rahbar bizlardan birimiz bo‘lishi kerak", deb aytgan bosh vazir.   

Bosh vazir bunday qarorni qabul qilishda Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II boshqaruvi tugashini kutib turish va jamiyat tomondan qo‘llab-quvvatlov olish kerakligini aytdi. "Fikrimcha, avstraliyaliklar uning boshqaruvi vaqtida yana bitta referendum o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlamaydilar", deb aytdi Ternbull mamlakatning respublikaga aylantirish bo‘yicha referendum o‘tkazish masalasi haqida. Avvalgi referendumlarda bunga zaruriy bo‘lgan 50 foizdan kamroq ovoz berilgan. 

Bosh vazirning bu taklifi ba'zi siyosiy raqiblari, jumladan liberallar tomonidan tanqidga uchradi. Ternbull Avstraliyaning respublikaga aylantirish mavzusini ko‘tarishda davom etsa, u "siyosiy o‘lishi" mumkinligidan ogohlantirildi.

Avstraliya qirolicha Yelizaveta II davlat boshlig‘i hisoblanadigan Buyuk Britaniya Hamdo‘stligi davlatlari qatoriga kiradi. Mamlakatda monarxcha parlament amal qiladi, u qirolicha Viktoriya tomonidan 1900 yilda ma'qullangan konstitutsiya bilan ish ko‘radi. Avstraliyalik siyosatchilar mamlakatdagi tuzumni parlament respublikasiga aylantirish masalasini bir necha marotaba ko‘tarishgan va bu masala referendumlarga qo‘yilgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid