Taniqli sport jurnalisti Qahramon Aslanov futbol böyiça Özbekiston çempionatida quyi ligadan yuqori ligaga ötiş öyinlari taşkil etilişiga e'tibor qaratdi. Uning "Ötiş öyini kerakmi?" nomli maqolasi maydon.uz saytida naşr qilingan. Quyida uşbu maqola özgartirişlarsiz keltiriladi.

Biror bir liganing kuçini, saviyasini aniqlaşning turli mezonlari bor. Masalan, yetakçi klublarning xalqaro maydondagi iştiroki yoki çempionlikka kuraşuvçi jamoalarning qançalik köpligi va hokazo.

Yana bir öziga xos ölçov bor – uşbu ligadan qöyida bölgan liganing saviyasi. Ya'ni uşbu ligaga çiqiş uçun kuraşuvçi jamoalarning saviyasi qay darajada? Mavzuni sal aniqlaştiradigan bölsak, birinçi ligamizda oliy liga saviyasidagi, oliy liga jamoalari bilan tarkib, saviya, byudjyet jihatidan bellaşa oladigan klublar bormi? Javobni bilamiz. Albatta, yöq!

Afsuski, Özbekistonda oliy va birinçi liga orasida yer bilan osmonça farq bor. Oliy liga klubining byudjyeti bir neça barobar köp. Oliy liga klublarida sezilarli darajada saviyaliroq futbolçilar töp suradilar. Bu holat milliy çempionatimizdagi raqobatga, oliy ligamizning umumiy körinişiga salbiy ta'sir qiladigan asosiy muammolarimizdandir.

Lekin bugungi masala bu haqida emas. Yaqinda oliy ligada 15-örinni olgan “Navbahor” va birinçi liga ğoliblaridan biri “Norin” örtasida ötiş bahsi bölib ötdi. Har ikki jamoa uçun ötgan mavsumning mazmunini aniqlab beruvçi bahs. Xöş, “Navbahor” öz tarixidagi eng omadsiz mavsumini qutqarib qola oladimi? “Norin” ajoyib ötkazilgan yilni mantiqiy yakunlaşga öziga kuç topa oladimi?

Öşa bahs uşbu savollarga javob berişi lozim edi. Özimizni aldab nima qilamiz, öyindan oldin ham bu savolning javobi hammamizga ma'lum bölgan. Albatta, “Navbahor” katta ustunlik bilan “Norin” ustidan ğalaba qozonişini hammamiz taxmin qila olgandik. Yuqorida aytganimdek, tarkib jihatidan namanganliklar “Norin”dan köra ança ustun edilar. Öyin davomida bu isbotlandi ham.

Şu yerda bir paradoksal fikr aytmoqçiman. Birinçi va oliy liga saviyasi örtasida juda katta farq bor ekan, demak ötiş öyinini ötkazişdan mantiq yöq. Aslida “Navbahor” birinçi ligaga töğridan töğri tuşib ketib, “Norin” oliy liga yöllanmasini qölga kiritiş kerak edi. Qiziğ-a, “Navbahor”ning “Norin”dan kuçli ekanini aytib turib, nega “Norin” oliy ligada qatnaşişi kerak edi, deyapman?

Çunki, “Norin” hozir “Navbahor”dan kuçsiz, ammo, agar oliy ligaga çiqqanida bahorga kelib, “Norin” kuçliroq bölar edi. Ya'ni maqsad aynan hozir kim kuçliroq ekanini aniqlaşda emas, uşbu mavsumdagi omadli va omadsiz jamoalarni aniqlaş, bölişi kerak.