Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2022 Yevropa saralashi pley-off bosqichiga qur'a tashlandi. Portugaliya, Italiya va Rossiyaning o‘tish o‘yinlaridagi raqiblari ma'lum
Bugun, 26 noyabr kuni JCh-2022 Yevropa saralashi pley-off bosqichiga qur'a tashlash marosimi o‘tkazildi.
12 jamoa ishtirok etadigan ushbu bosqichda quyidagi raqiblar o‘zaro dastlabki o‘tish bahsida maydonga tushadi:
«A» yo‘li
- Shotlandiya – Ukraina
- Uels – Avstriya
«B» yo‘li
- Rossiya – Polsha
- Shvetsiya – Chexiya
«C» yo‘li
- Italiya – Shimoliy Makedoniya
- Portugaliya – Turkiya.
«A» kvartetida Shotlandiya – Ukraina va Uels – Avstriya o‘yinlari g‘olibi o‘zaro bahsda maydonga tushib, Qatar-2022 yo‘llanmasiga ega chiqadi.
Rossiya - Polsha bahsi g‘olibi hal qiluvchi uchrashuvda Shvetsiya – Chexiya o‘yini g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Valeriy Karpin jamoasi Polshani o‘z maydonida qabul qilib, mag‘lub eta olsa, Shvetsiya – Chexiya bahsi g‘olibiga qarshi hal qiluvchi o‘yinni ham Rossiyada o‘tkazadi.
Italiya – Shimoliy Makedoniya va Portugaliya – Turkiya juftliklaridan faqat bitta jamoa Qatardagi mundialga yo‘llanma oladi. Demakki, Portugaliya yoki Italiyadan birini Qatarda ko‘rmasligimiz aniq.

Ma'lumot uchun, dastlabki o‘tish o‘yinlari 2022 yilning 24 mart kuni, yo‘llanma masalasini hal qiluvchi o‘tish bahslari esa 29 mart sanasida o‘tkazilishi belgilangan.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
22:29 / 05.06.2026
Rossiya yana urushni tanladi - Zelenskiy Putinga javob berdi
20:55 / 05.06.2026
Rossiya mintaqadagi shunchaki qo‘shni emas, vaqt sinovidan o‘tgan strategik sherik va ittifoqchi - Shavkat Mirziyoyev
20:34 / 05.06.2026