11 iyun kuni Yunusobod sport majmuasida sönggi tur bahslari bölib ötdi. Markaziy öyinda muddatidan avval 1-örin masalasini hal qilgan VMV klubi ötgan mavsum çempioni «Jizzax Kenteks» darvozasiga javobsiz 7ta töp kiritdi.
Bellaşuvdan söng ğolib va sovrindorlarni taqdirlaş marosimi ötkazildi — VMV jamoasiga oltin medallar topşirildi. OKMK kumuş, «Jizzax Kenteks» bronza medallariga sazovor böldi.
Individual mukofot sohiblari ham aniqlandi. Çempion jamoadan Muzaffar Ahadjonov mavsumning eng yaxşi futzalçisi, Nodir Eliboyev esa eng yaxşi murabbiy deb topildi. OKMK hujumçisi Abdulla Solihov 51ta gol bilan töpurarga aylandi.
Quyida sönggi turning markaziy bahsi va taqdirlaş marosimidan fotosuratlarni tomoşa qilişingiz mumkin.





































