14-21 mart kunlari Xorazm viloyati, Xiva şahrida oğir atletika böyiça ösmirlar va kattalar örtasida Özbekiston çempionati ötkazildi. Unda barça viloyatlardan kelgan 200 dan ortiq atletlar özaro kuç sinaşdilar.
Musobaqa yuqori saviyadagi, mahoratli sportçilarni jamladi. Jumladan, unda Osiyo va Jahon çempionatlari ğolibi va sovrindori Adhamjon Ergaşev, jahon çempioni Doston Yoqubov, yoşlar örtasida jahon çempioni Muhammadqodir Toştemirov, jahon çempionati sovrindori Sarvar Zafarjonov, yoşlar örtasida jahon çempioni, kattalar örtasidagi jahon çempionati sovrindori Tursunoy Jabborova, jahon va Olimpiada çempioni va rekordçisi Ruslan Nuriddinov, jahon çempionati va Tokio-2020 Olimpiya öyinlari ğolibi Akbar Jörayev iştirok etdi.
Ösmirlar örtasidagi musobaqa mezbonlarning ğalabasi bilan yakunlandi. Xorazmliklar 4 ta oltin, 4 ta kumuş va 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinçi bölişdi. Andijon viloyati (4-1-2) ikkinçi, Buxoro viloyati (3-2-0) uçinçi poğonani egalladi.
Kattalar örtasidagi musobaqada ham mezbonlarning qöli baland keldi. Ular 5 ta oltin, 4 ta kumuş va 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinçi bölişdi. Toşkent viloyati (5-1-0) ikkinçi, Buxoro viloyati (2-3-1) uçinçi poğonani egalladi.
Oğir atletika böyiça Özbekiston çempionati
Xiva, 19–21 mart, 2022 yil
Kattalar musobaqasi
Ayollar, 45 kg vazn toifasi
1. Qallibekova Amangul (QQR 48+57) – 105 kg
2. Uzaqbergenova Zuxra (QQR 48+54) – 102 kg
3. Botirova Jasmina (Qaşqadaryo 46+55) - 101 kg
Ayollar, 49 kg
1. Otajonova Zuhra (Xorazm 65+85) – 150 kg
2. Xudoyqulova Ziyoda (Qaşqadaryo 67+74) – 143 kg
3. Möminova Imona (Andijon 59+76) – 135 kg
Ayollar, 55 kg
1. Panfilova Jamila (Toşkent vil. 87+102) – 189 kg
2. Hojiyeva Ozoda (Navoiy 76+94) – 170 kg
3. Matyoqubova Mehriniso (Xorazm 65+80) – 145 kg
Ayollar, 59 kg
1. Abdullayeva Nigora (Buxoro 83+105) – 189 kg

















