Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Anqaradagi elchixonasi va Istanbul hamda Adanadagi konsulliklari faoliyatini tikladi
AQShning Anqaradagi elchixonasi, shuningdek Istanbul va Adanadagi konsulligi chorshanba kuni favqulodda holatlar uchun ochiladi. Bu haqida Amerikaning Turkiyadagi missiyasi ma'lumotiga asoslanib, Daily Sabah xabar berdi.
"Turkiya missiyasi AQSh fuqarolariga Anqaradagi elchixona, shuningdek Istanbuldagi bosh konsullik va Adanadagi konsullik 21 dekabr kuni favqulodda xizmatlar uchun ochilishini ma'lum qiladi", - deyiladi manbada. Shuningdek u yerlarda xizmat qilayotgan barcha xodimlar o‘z xizmat vazifalariga qaytariladi.
Manbaga ko‘ra, Anqara va Istanbuldagi muntazam konsullik xizmatlari muayyan vaqt taqdim etilmaydi.
Seshanba kuni ertalab noma'lum erkak Amerika elchixonasi oldida havoga qarata o‘q uzgan. Bu Anqarada Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov joniga suiqasd qilinganidan atigi bir necha soat o‘tgach sodir bo‘lgan. Jinoyatchi qo‘lga olingan va bu borada tergov ishi davom etmoqda.
Shu munosabat bilan AQShning Turkiyadagi elchixonasi mamlakatdagi missiyasini vaqtinchalik to‘xtatishi haqida e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
21:46 / 25.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vakili Jyeymison Grir bilan uchrashdi
21:30 / 25.06.2026