Jahon | 18:42 / 21.12.2016
10687
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda radikal kuchlarga keng qamrovli “ov” boshlandi

Foto: azisait.kz

Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi 21 dekabr kuni "At-Taqfir ul-Hijra" diniy-ekstremistik tashkilotining mamlakat hududidagi a'zolarini yo‘q qilish bo‘yicha maxsus amaliyotni boshladi. Bu haqda Tengrinews.kz respublika milliy xavfsizlik qo‘mitasiga asosan xabar bermoqda.

"Tezkor tadbirlar Olmaota, Aqto‘be, Atirau viloyatlari va Olmaota shahrida o‘tkazilmoqda. Diniy nizoni avj oldirish va taqiqlangan tashkilot faoliyatida ishtirok etishda gumon qilinib 16 kishi qo‘lga olindi hamda MXQ hududiy organlariga yetkazildi", - deyiladi Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi saytida.

"Ularning yashash joyida tintuv hamda boshqa tezkor-tergov va protsessual harakatlar amalga oshirilmoqda. Ma'lumki, ushbu tashkilot a'zolari “Al-Qoida”, IShID mafkurasiga asoslangan prinsiplarni ilgari surishgan", - deya qo‘shimcha qilingan mahkamada.

MXQ ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu tashkilot a'zolari Suriya va Iroqdagi terrorchilar harakatini yoqlaydi. Tashkilot 2014 yildagi sud qaroriga asosan ekstremistik deb tan olingan. 
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid