Jahon | 07:30 / 24.12.2016
15862
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Radasining joriy yildagi oxirgi yig‘ilishida mushtlashuv chiqdi

Ukraina Oliy radasi deputatlari joriy yildagi oxirgi yalpi yig‘ilishda mushtlashib ketdilar, deb xabar bermoqda "112 Ukraina" telekanali.

Mushtlashuv "Blok Petra Poroshenko" fraksiyasi deputati Pavel Kishkar va fraksiyaga kirmaydigan deputat Mixail Golovko o‘rtasida chiqqan.

Golovko nutqi vaqtida "Ukrgazdobycha" kompaniyasi faoliyati masalasiga to‘xtalib o‘tgan. Kishkar zaldan turib deputatga xalaqit qilgan va uning so‘zlarini "yolg‘on" deb aytgan.  

Golovko so‘zlab bo‘lgach, Kishkarga tanbeh bergan va ular orasida chiqqan dahanaki jang mushtlashuvga aylanib ketgan.

Golovko ushbu voqea yuzasidan jurnalistlarga bergan izohida deputat ustidan sudga shikoyat qilishga va "o‘zining sha'ni va qadr-qimmatini himoyalashga" tayyorligini aytgan. "Menda buning uchun munosib dalillar bor", deb aytgan deputat.

Mavzuga oid