Bu haqda Bryusselda jurnalistlar uçun ötkazilgan yopiq brifingda Ukrainaning NATOdagi missiyasi rahbari Alena Getmançuk ma’lum qildi.

Uning ta’kidlaşiça, Kiyev uçun siyosiy jihatdan Ukrainaning NATO xavfsizligiga hissa qöşuvçi davlat sifatida tan olinişi juda muhim hisoblanadi.

«Biz Ukraina faqat yordam oluvçi emas, balki xavfsizlikni ta’minlaşga hissa qöşayotgan davlat sifatida e’tirof etilişini istaymiz», dedi diplomat.

Getmançukning sözlariga köra, Anqaradagi sammit Ukraina tölaqonli ravişda yangi maqomda iştirok etadigan birinçi NATO sammiti böladi. Şu bois Kiyev yakuniy deklaratsiyada mazkur özgariş öz aksini topişini kutmoqda.

Uning qayd etişiça, keyingi yillarda Ukraina bilan NATO örtasidagi hamkorlik mazmunan özgargan. Ilgari munosabatlarning asosini ğarb davlatlarining harbiy yordami taşkil etgan bölsa, endilikda Ukrainaning alyans bilan amaliy integratsiyasi va ukrainalik harbiylarning NATO xavfsizligiga qöşayotgan hissasi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bunga misol sifatida u NATO–Ukraina qöşma tahlil, tayyorgarlik va ta’lim markazi (JATEC) faoliyatini, ukrainalik harbiylarning NATO şartnomasining 5-moddasi ssenariylari asosida ötkazilayotgan maşğulotlarda iştirok etayotganini, qöşinlar örtasidagi muvofiqlik darajasi oşib borayotganini hamda Ukraina kompaniyalarining NATOning dasturlari va xaridlariga jalb etilayotganini keltirdi.

Şuningdek, alyans tuzilmalarida faoliyat yuritayotgan ukrainalik mutaxassislar soni ham bosqiçma-bosqiç köpayib borayotgani ta’kidlandi.

Ukraina tomoni hamkor davlatlarni mamlakat mudofaa sanoatini uzoq muddatli qöllab-quvvatlaşga çaqirdi. Getmançukning aytişiça, Kiyevga endilikda faqat tayyor qurol-yaroğ yetkazib beriş emas, balki mudofaa sanoati işlab çiqarişini örta va uzoq muddatli rejalaştiriş imkonini beruvçi barqaror moliyaviy majburiyatlar ham zarur.

NATOning navbatdagi sammiti 7–8 iyul kunlari Turkiyaning Anqara şahrida bölib ötadi. Unda alyansga a’zo davlatlarning mudofaa xarajatlarini oşiriş, Yevropaning öz xavfsizligi uçun mas’uliyatini kuçaytiriş hamda Ukrainaga körsatilayotgan yordamni davom ettiriş asosiy mavzulardan biri böladi.

NATO boş kotibi Mark Ryutte avvalroq Ukrainaga kömakni davom ettiriş alyansning özi xavfsizligini ham mustahkamlaşini ta’kidlagan edi.