“Mo‘minga begona bahor”: mashhur suxandon Abdumo‘min O‘tbosarovga bag‘ishlangan kitob taqdim etildi

Bugun Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Xalq artisti Abdumo‘min O‘tbosarov xotirasiga bag‘ishlangan maxsus tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator suxandonlar – Dilorom Umarova, Farhod Bobojonov, Ra'no Jo‘rayeva, Galina Melnikova va boshqalar ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Muslimbek Yo‘ldoshev qalamiga mansub “Mo‘minga begona bahor” nomli kitob taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Bu haqda suxandon Kun.uz saytiga xabar berdi.
Yo‘ldoshevning ma'lum qilishicha, kitob “Yangi asr avlodi” nashriyoti tomonidan 2000 nusxada chiqarilgan bo‘lib, mashhur suxandonning o‘limidan bir yil o‘tib taqdim etildi.
Kitobda Abdumo‘min O‘tbosarov hamkasblarining xotiralari, turli rangli fotosuratlar, suxandonning o‘zi chizgan suratlari, she'rlari, hikoyalari o‘rin olgan.
Muslimbek Yo‘ldoshevning xabar berishicha, 222 sahifadan iborat ushbu xotira asari uning 12-kitobi.
Shuningdek, Abdumo‘min O‘tbosarovning o‘zi o‘qigan hikoyalari ham alohida disk shaklida taqdimotga kelgan insonlarga esdalik sifatida topshirildi.
Kitob yaqin kunlarda sotuvga chiqariladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Xalq artisti, oliy toifali diktor Abdumo‘min O‘tbosarov 1960 yilning 24 aprel kuni tavallud topgan bo‘lib, uzoq yillar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida suxandonlik qildi. U 2016 yilning 1 yanvar kuni vafot etgan.
Kun.uz cayti Abdumo‘min O‘tbosarovni xotirlab eng yaqin hamkasblari bilan suhbat uyushtirdi
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tatariston O‘zbekistondan 10 ming mehnat migrantini ishga jalb etmoqchi
O‘zbekiston | 07:50
-
Toshkentda pulli avtoturargohlar uchun maksimal tarif ma’lum qilindi
Iqtisodiyot | 04:32
-
Zelenskiy tinchlik bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etadigan Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Jahon | 03:50
-
Finlandiya AQShga tuxum yetkazib berishdan bosh tortdi
Jahon | 00:25
Mavzuga oid

10:05 / 12.02.2017
Nasiba Maqsudova xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv olindi

19:52 / 13.11.2016
Marhum suxandon Abdumo‘min O‘tbosarovning o‘g‘li uylandi

20:34 / 01.01.2016