Eng ommabop smartfonlarning quvvat olganda qanchalik qizib ketishi aniqlandi
Smartfondan o‘tirib qolgan akkumulyatorini quvvatlantirish jarayonida ishlatish holatlari uchrab turadi. Ko‘p vaziyatlarda uskuna korpusi iliq emas, balki qaynoq holda bo‘lishiga guvoh bo‘lamiz. Hammasi ham mayli-ku, ammo Samsung Galaxy Note 7 bilan bog‘liq noxush holatlardan so‘ng, kimdir o‘z gadjyetini elektr tarmog‘iga ulash chog‘ida ishlatishdan cho‘chib qoldi.
Xitoyning Chongdiantou.com portali 2016 yildagi eng ommabop yangi smartfonlarning qaysilari faol ishlatish chog‘ida maksimal darajada qizib ketishini aniqlashga qaror qildi. Tajribada: Samsung Galaxy S7 edge, OnePlus 3T, Huawei Mate 9, Xiaomi Mi Note 2 va Google Pixel XL kabi qurilmalar sinab ko‘rildi. Uskuna yuzasi haroratini o‘lchash 30 daqiqalik quvvat oldirishdan so‘ng amalga oshirildi.
Xabarga ko‘ra, Samsung Galaxy S7 edge eng qaynoq deb topildi. Garchi eng yuqori harorat – Tselsiy bo‘yicha 46 daraja issiq faqatgina bir joyda kuzatildi. Shu bilan bir qatorda, OnePlus 3T metall korpusining barcha yuzasi bo‘ylab qizib ketgan hamda undagi harorat Tselsiy bo‘yicha 45.7 daraja issiqni tashkil qildi. Biroq, OnePlus 3T’da qo‘llaniluvchi Dash Charge texnologiyasi uskunaga 1 soatu 40 daqiqa davomida 100 foizga quvvat olish imkonini beradi.
Xiaomi Mi Note 2’da orqa panel harorati Tselsiy bo‘yicha 43.6 darajani tashkil qildi. U asosan kamera atrofida qizib ketgan. Google Pixel XL’da esa maksimum — 42.1 daraja issiqni tashkil qildi. Bu sinovda xitoyning Huawei Mate 9 uskunasi g‘olib chiqdi. U atigi 38.5 darajagacha qizib ketgan.
Mavzuga oid
22:03 / 14.07.2023
Olinmaydigan batareyalarga ega smartfonlar o‘tmishda qolishi mumkin
21:03 / 28.06.2022
Nothing Phone 1 shaffof smartfonining narxi ma’lum qilindi
22:34 / 10.01.2022
Honor buklanuvchi smartfonini taqdim etdi
14:36 / 07.09.2021