O‘z-o‘zidan suyakka aylanib ketuvchi tish implantantlari yaratildi

Tish implantantlarini o‘rnatish ancha rivojlangan jarayon bo‘lsa-da, hali mukammallikdan yiroq. Og‘iz bo‘shlig‘idagi infeksiyalar - mazkur jarayonni qiyinlashtiruvchi eng asosiy sabablardan biri hisoblanadi. Ispaniyadagi Bask okrugi universitetining mutaxassislar guruhi protez atrofida suyak shakllanishiga olib keluvchi tish implantantlarining yangi turini ishlab chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Hi-News shu haqida ma'lum qildi.
Tadqiqotchilar guruhini doktor Polla Beatris boshqaradi. Bugungi kunga kelib, implantantning uch xil versiyasi yaratilgan, ularning eng so‘nggisi patent xizmatining tasdig‘iga ega bo‘ldi. Statistika ma'lumotlariga ko‘ra, o‘rnatilgan tish protezlarining taxminan 10 foizini infeksiyalar yoki osteogenez jarayonidagi (implantant atrofida suyakning shakllanishi) buzilishlar tufayli olib tashlashga to‘g‘ri keladi.
Bundan avval bir guruh mutaxassislar implantant atrofidagi suyakning o‘sishi va protezni fiksatsiya qilishga yordam beruvchi moddani yaratishgan edi. Keyingi qadam bu qoplamlarni infeksiyalar bilan kurashishga yordam beruvchi kerakli xususiyatlar bilan ta'minlashdan iborat edi.
Muammoni hal qilish uchun zol-gel sintez usuli qo‘llandi, unda dastlab gidroksidlar zarralari (zol) qatnashuvchi kolloid aralashma hosil bo‘ldi, keyin esa bu aralashma gelga aylantirildi. Asosiy komponent sifatida yuqori osteoinduktivlikka ega kremniy tanlab olindi. So‘nggi bosqichda gelga turli antibakteriallar qo‘shildi, natijada uch xil qoplama olindi. Ulardan biri infeksiyalar profilaktikasi, yana biri - mavjud infeksiyani davolash uchun, ispanlar patent olayotgan so‘nggi qoplama esa stomatologiya klinikalarida qo‘llashga mo‘ljallangan - u implantantning infeksiya hosil bo‘lgan qismiga suriladi, lekin bunda implantantni olishga hojat qolmaydi.
Implantantning uch versiyasi ham hali bir qator klinik sinovlardan o‘tkaziladi, biroq mutaxassislar ularning zamonaviy stomatologiya bozoriga imkon qadar tezroq chiqishiga umid bildirishmoqda.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda ko‘p qavatni turar joy qurish uchun berilgan xulosa sudda bekor qilindi
O‘zbekiston | 08:55
-
O‘zbekistonda OTB ishtirokida 23 ta yangi loyiha amalga oshiriladi
Iqtisodiyot | 08:52
-
Germaniya: Rossiya muzokaralardan oldin sulhga rozi bo‘lishi kerak
Jahon | 08:11
-
Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritiladi
O‘zbekiston | 08:07
Mavzuga oid

18:43 / 08.05.2025
Olimlar Yerda kislorod qachon yo‘q bo‘lib ketishini aniqladi

00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi

21:18 / 29.04.2025
Ispaniyada blekaut sabab besh kishi halok bo‘ldi

12:10 / 29.04.2025