Ispaniya Içki işlar vazirligi blekaut fonida mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi, deyiladi idoraning X ijtimoiy tarmoğidagi bayonotida.

Xabar yozilayotgan vaqtda yarimorolda elektr energiyasiga bölgan talabning 92 foizdan ortiği tiklangan, elektr uzatiş tarmoği podstansiyalarining 100 foizi quvvat ostida. Vaziyat haqida milliy elektr tarmoqlarini boşqaradigan Red Electrica kompaniyasi ham izoh berdi. Bayonot X ijtimoiy tarmoğida e’lon qilingan.

Elektr ta’minotidagi uzilişlar tufayli Ispaniya aeroportlari zaxira elektr ta’minoti tizimlari faollaştirilgani sababli duşanba kuni davomida öz faoliyatini davom ettirdi. Biroq, elektr ta’minotidagi uzilişlar qator reyslarning bekor qilinişi va keçikişiga olib keldi.

Şuningdek, 28 aprel kuni Ispaniyada şaharlararo va örta masofaga qatnovçi poyezdlar harakati töxtatilgan. Bu haqda transport vaziri Oskar Puente ma’lum qildi.

Ispaniya Milliy politsiyasi ham fuqarolarga murojaat qilib, ularni blekaut sababli firibgarlik holatlari kuzatilayotgani haqida ogohlantirdi.

«Bunday paytlarda firibgarlik holatlaridan ehtiyot böling. Agar sizga bankdagi hisob raqamingiz evaziga elektr ta’minotini tiklaş taklifi bilan qönğiroq qilişsa — ehtiyot böling. Faqat rasmiy manbalarga işoning, şubhangiz bölsa, ma’lumotni tekşiring», — deyiladi politsiya bayonotida.

Sky News ma’lumotlariga köra, voqea millionlab odamlarni tartibsizlikka solgan, internet va mobil telefon aloqasi uzilgan, svetofor va bankomatlar işlamay qolgan, şifoxonalar ba’zi operatsiyalar töxtatib qöyilgan.

Bir kun avval Ispaniya va Portugaliyada elektr va telefon aloqalarida katta uzilişlar yuz berdi. Keyinroq ma’lum bölişiça, Pireney yarimorolidagi elektr ta’minotidagi uzilişga Ispaniyadagi «kamdan-kam uçraydigan atmosfera hodisasi» sabab bölgan. Bu haqda Redes Energéticas Nacionais Portugaliya elektr tarmoqlari operatori bayonot berdi.