Olamlarga rahmat qilib yuborilgan, anbiyoyu mursalinlar xotami, başariyatning eng uluğ vakili sayyidimiz Muhammad (sollallohu alayhi va salam)ni yaxşi köriş va u zotning muhabbatini boşqa barça insonlar muhabbatidan ustun qöyiş dinimiz talabidir. Anas (raziyallohu anhu)dan rivoyat qilingan hadisi şarifda Payğambarimiz (sollallohu alayhi va salam) şunday marhamat qilganlar: «Birortangiz, toki Men unga otasi, bolasi va jamiki insonlardan mahbubroq bölmagunimça (komil) mömin bölolmaydi» (Imom Buxoriy rivoyatlari). 

Abdulloh ibn Hişom (raziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va salam) bilan birga edik, U zot Umar (raziyallohu anhu)ning qölidan tutib turardilar. Umar (raziyallohu anhu): «Yo Rasulalloh, Siz menga özimdan boşqa hamma narsadan mahbubroqsiz», dedi. Şunda Nabiy (sollallohu alayhi va salam): «Jonim qölida bölgan zotga qasamki, unday bölmaydi (ey Umar!), toki, Men senga özingdan ham mahbubroq bölmagunimça (iymoning komil bölmaydi)», dedilar. Şunda Umar (raziyallohu anhu): «Allohga qasamki, mana endi şunday böldi. Endi Siz menga öz nafsimdan ham suyukliroq böldingiz», dedi. Şunda Rasululloh (sollallohu alayhi va salam): «Ana endi (bilding va töğri aytding) ey Umar», dedilar» (Imom Buxoriy rivoyatlari). 

Nabiy (sollallohu alayhi va salam)ni yaxşi köriş va seviş vojib ekanligiga dalillar juda ham köp. Ulardan biri quyidagi hadisdir. Anas (raziyallohu anhu) Nabiy (sollallohu alayhi va salam)ning şunday deganlarini rivoyat qiladi: «Uç xil xislat borki, ular kimda (mujassam) bölsa, u kişi iymon lazzatini topadi: «Alloh va Uning Rasuli unga ulardan boşqa barça narsalardan sevimliroq bölsa», «Va biror kişini yaxşi köradigan bölsa, faqat Alloh uçun yaxşi körsa» hamda «Kufrga qaytişni olovga taşlanişni yomon körgandek yomon körsa» (Imom Buxoriy rivoyatlari). 

Nabiy (sollallohu alayhi va salam)ni yaxşi köriş U zot bilan jannatlarda birga bölişga sabab böladi. Anas ibn Molik (raziyallohu anhu)dan rivoyat qilinişiça, bir kişi Nabiy (sollallohu alayhi va salam)dan qiyomat haqida sörab: «Qiyomat soati qaçon?», dedi. Nabiy alayhissalom unga: «Qiyomat uçun nima tayyorlagansan özi?» dedilar. U «Heç narsa!», - dedi – «Lekin, men Alloh va Uning Rasulini yaxşi köraman». Şunda Nabiy (sollallohu alayhi va salam): «Sen özing yaxşi körganlaring bilan birga bölasan!», dedilar. Anas (raziyallohu anhu) aytadilar: «Biz heç narsadan Nabiy (sollallohu alayhi va salam)ning mazkur «Sen özing yaxşi körganlaring bilan birga bölasan!», degan sözlaridan xursand bölganimizçalik xursand bölmaganmiz». (Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Termiziy va Imom Abu Dovud rivoyatlari)
Uşbu hadisi şarifdan olinadigan saboqlardan biri şuki, inson solih zotlarni ixlos bilan yaxşi köradigan bölsa, garçi ular kabi amal qilolmagan bölsa ham qiyomatda ular bilan birga böladi. Zero agar ulardek amalda peşqadam bölganda ularning biri bölib qolar va muhabbatning unga foydasi tegmasdi.