Qarz berişning savobi hadya berganning savobidan köra köproqligi haqida hadisi şarif bor.

Uziş niyatida qarz olgan kişiga Alloh taoloning Özi yordam beradi, degan ma'noda Payğambarimizdan (sollallohu alayhi va sallam) hadislar rivoyat qilingan. Xudo saqlasin-u, agar banda yeb ketiş niyatida birovdan qarz olsa, unday odam öz boşiga balo yuklab olgan böladi va niyatiga muvofiq bu qarzidan qutulolmay ketadi. Imtihon dunyosini tark etganidan keyin uning yaqinlari qarzini uzadimi-yöqmi, noma'lum. 

Şuning uçun mömin banda lozim vaqtlarda Allohning yordamidan umid qilib, uziş niyatida qarz olsa va bu qarzini çiroyli qilib uzib, qarz egasini rozi qiliş harakatida bölsa, inşaalloh, qarzidan qutulib, uning özi ham, qarz bergan banda ham köp köp savobu ajrlarga erişadi. 

Xalqimizda “Qizğançiqdan qarz olma, qarz olsang ham xarjlama”, degan maqol bor. Bu maqol nima uçun aytilganini biliş qiyin emas. Avvalo, qizğançiqdan qarz olişning özi qiyin iş, ikkinçidan, unday odam qarz berişga rozi bölgan taqdirda ham, tezlikda qaytarib berişinga töğri kelib qolişi mumkin, şuning uçun uni işlatmay turganing ma'qul, deyilyapti. Lekin nima bölganida ham, u qarzning egasi, qistaşga haqli. Şunday ekan, qarz oluvçi ham, beruvçi ham Alloh taoloning roziligi niyatida harakat qilişi lozim. Bir tomonning işi bitib qolsin, ikkinçi tomonning ham puli kuyib ketmasin.

“Qarz” sözi aslida kesiş ma'nosini beradi. Ya'ni, imkoni bor odam özining mablaği yoki sarmoyasidan qandaydir bir qismini kesib, boşqasiga beradi. Olgan odam esa öşa kesilgan joyni yana qayta tiklab berişi lozim. Qur'oni karimning bir neça joyida “Alloh uçun qarzi hasana beruvçi bormi?” ma'nosidagi oyatlar keladi (Baqara, 245; Moida, 12). Bu boy, mard kişilarga xitob. Öşanday kişilar qarzi hasana berişsin va qarz olgan taraf to joyini töldirguniça sabr etib, qistalang qilmay tursin. Bu vaqtda Razzoq va Vahhob Alloh taolo Öz fazli bilan boşqa tomondan qarzi hasana bergan mömin bandasiga fayzu barakot yetkazib turadi. Bu odamzotning emas, Haq subhonahu va taoloning va'dasi. U Zot va'dasiga aslo xilof qilmaydi!

Bandasining işi – Undan duo qilib söraş va şu yönalişda töğri niyat bilan harakat qiliş. Misoli toğning etagida turib: “Ey Xudo, mening şu toqqa çiqişimni nasib qil”, deb sörab, keyin toqqa çiqişni boşlaşdek. Şunda ham Parvardigor nasib qilsagina, toğning tepasiga çiqadi, nasib etmagan bölsa, bir qadam ham siljiyolmaydi. E'tiqodimiz ana şunday. “Olma, piş, oğzimga tuş”, deb harakatsiz qarab ötiriş bizning yölimizga töğri kelmaydi. Çunki hazrat Bibi Maryamga ham: “Qurigan xurmo şoxini silkit”, deyildi (Maryam, 25). Silkitmasa ham berişga qodir edi, lekin Öz ne'matini şu silkitiş sababiga boğlab qöydi. Silkitdi, qurigan xurmodan meva tökildi.