Jahon | 11:28 / 30.12.2016
4840
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya parlamenti konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritilishini ma'qulladi

Foto: Anadolu

Turkiya parlamenti komissiyasi mamlakat konstitutsiyasiga kiritiladigan tuzatishlar loyihasini tasdiqladi. Bunday o‘zgartirishlar Turkiya prezidenti vakolatlarini kengaytirishni nazarda tutgan.

Anadolu agentligi xabariga ko‘ra, parlamentning konstitutsion komissiyasi mamlakat konstitutsiyasiga kiritiladigan tuzatishlar haqidagi qonun loyihasini qabul qildi. Unga hukumatdagi «Adolat va taraqqiyot partiyasi»ning 316 deputati imzo chekkan.

Qonun loyihasini muhokama qilish 20 dekabrda boshlanib, 9 kun davom etdi. So‘nggi kunda komissiya muhokamaga 17 soat sarflagan.

Reuters xabarida qayd etilishicha, keyingi yilning bahorida Turkiyada ushbu tuzatishlarni qabul qilish bo‘yicha referendum o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid