Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Trampning Tayvanni qo‘llab-quvvatlashidan xavotirda
Foto: © AP
Xitoy hukumati AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning Tayvanni qo‘llab-quvvatlashidan xavotirda, shu bois qisman tan olingan respublikaning mustaqillik tomon harakatini bartaraf etish uchun tegishli choralar ko‘rishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Xitoy hukumati bu borada harbiy va iqtisodiy choralar ko‘rishi mumkin. Shunga qaramay, bu masalada aniq qarorlar qabul qilingan yoki qilinmaganligi haqida xabar yo‘q.
Tramp prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasidan keyin Tayvan yetakchisi Tsay Inven bilan telefonda suhbatlashib, rasmiy Xitoyni xavotirga soldi. Bundan tashqari, AQShning yangi saylangan prezidenti “yagona Xitoy”ning siyosatiga tanqidiy ko‘z bilan qaraydi. Biroq manbada ta'kidlanishicha, Xitoy hukumati muammoda Trampni emas, faqat Tayvanni ayblamoqda.
Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026