Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL, 20-tur. «Manchester Siti» g‘alaba qozondi, «Liverpul» hamda «Lester» o‘z o‘yinlarida durang o‘ynadi
Bugun APLda ikkinchi davra o‘yinlariga start berildi. Dastlab amaldagi chempionlar bo‘lmish «Lester» «Midlsbro» maydoniga safar qilib, 0:0 hisobini qayd etdi. Bu durangdan keyin amaldagi chempionlar ochkolari sonini 21taga yetkazdi va 15-o‘rinda qoldi. Eytur Karanka shogirdlari esa 19 ochko bilan 16-pog‘onada bormoqda.
«Manchester Siti» Angliya chempionatining 20-turida «Byornli»ni qabul qildi. Manchesterdagi «Etihad — Siti of Manchester» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Gvardiola shogirdlari birinchi bo‘limda Fernandinoning chetlatilishidan keyin kamchilik bo‘lib qolgandi, ammo iroda ko‘rsatib, g‘alabaga erishdi va bu g‘alaba jamoani turnir jadvalida uchinchi o‘ringa olib chiqdi. «Byornli» 23 ochkosi bilan 11-o‘rinda.
«Sanderlend» va «Liverpul» APLning 20-turi doirasida o‘zaro uchrashdi. Sanderlenddagi «Stedium of Layt» stadionida kechgan uchrashuvda 2:2 hisobidagi durang qayd etildi.
Endilikda «Liverpul» hisobidagi ochkolar soni 44ta. Jamoa 2-o‘rinni saqlab qolgan bo‘lsada, peshqadam «Chelsi» bilan oradagi farqni saqlab qola olmasligi mumkin. Konte shogirdlari 5 yanvar kuni «Tottenhem»ga qarshi safar uchrashuvni o‘tkazadi.
«Everton» APLning 20-turida «Sauthempton»ni yirik hisobda yengdi. Liverpuldagi «Gudison Park» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Bu g‘alabadan keyin Kuman jamoasi 30 ochko bilan turnir jadvalida yettinchi pog‘onaga joylashdi. Uning sobiq jamoasi esa 24 ochko bilan o‘ninchi o‘rinda.

Boshqa bir uchrashuvda «Vest Bromvich Albion» «Hall Siti»ni qabul qildi va 3:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Robert Snodgrass o‘yin avvalida gol urib, mehmonlarni olg‘a boshlagan bo‘lsada, keyinroq Kris Brant, Garet Makoli va Jyeyms Morrison bittadan gol urib, mezbonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasini ta'minladi.

Midlsbro – Lester 0:0
Midlsbro – Gyuzan, Gibson, Fabio, Barragan (Frend, 34), Chembers, de Ron, Kleyton, Ramires, Forshou (Lidbitter, 89), Traore (Dauning, 80), Negredo.
Lester – Shmeyxel, Simpson, Fuks, Morgan, Xut, Amarti, Mendi (Olbrayton, 83), King, Marez (Musa, 71), Okadzaki (Grey, 74), Uloa.
Ogohlantirishlar: Ramires (26), Gibson (43), Kleyton (90).
Manchester Siti – Byornli 2:1
Gollar: 1:0 – 58 Klishi, 2:0 – 62 Aguero, 2:1 – 70 Mi.
Manchester Siti – Bravo, Otamendi, Klishi, Sanya, Kolarov, Ture, Fernandino, de Bryuyne, Navas (Silva, 46), Sterling (Stounz, 89), Ixeanacho (Aguero, 46).
Byornli – Hiton, Kin, Uord, Louton, Mi, Boyd, Xendrik, Gudmundsson (Defur, 59), Arfild (Bemford, 88), Barns (Vouks, 69), Grey.
Ogohlantirishlar: Xendrik (38), Ture (41), Kolarov (71), Sanya (71), Kin (80), Grey (90).
Chetlatish: Fernandino (32).
Sanderlend – Liverpul 2:2
Gollar: 0:1 – 19 Starrij, 1:1 – 25, penalti Defo, 1:2 – 72 Mane, 2:2 – 84, penalti Defo.
Sanderlend – Mannone, Lav, Djilobodji, van Anxolt, O′Shi, Roduell (Mankilo, 65), Larsson, Ndong, Yanuzay (Xazri, 79), Defo, Borini.
Liverpul – Minole, Klavan, Klayn, Lovren, Milner (Moreno, 46), Jan, Lallana, Firmino, Veynaldum (Origi, 73), Mane, Starridj (Leyva, 80).
Ogohlantirishlar: Roduell (13), Milner (30), Larsson (51), Mane (83), Lallana (83).
Everton – Sauthempton 3:0
Gollar: 1:0 – 73 Valensiya, 2:0 – 81, penalti Beyns, 3:0 – 89 Lukaku.
Everton – Robles, Funes Mori, Beyns, Koulmen, Uilyams, Lennon (Valensiya, 61), Devis, Guyye, Barkli (Berri, 85), Lukaku, Kelvert-Lyuin (Miralyas, 12).
Sauthempton – Forster, Fonte, Yosida, Soaresh (Stivens, 6), Redmond, Uord-Prouz, Tadich (Bufal, 67), Klasi (Long, 78), Rodriges, Romeu, Makkuin.
Ogohlantirish: Uord-Prouz (40).
Vest Bromvich – Hall 3:1
Gollar: 0:1 – 21 Snodgrass, 1:1 – 49 Brant, 2:1 – 62 Makoli, 3:1 – 73 Morrison.
Vest Bromvich – Foster, Evans (Nom, 30), Makoli, Douson, Brant, Fletcher, Yakob, Morrison, Fillips, Shadli (Robson-Kanu, 62), Rondon (Makkleyn, 87).
Hall – Marshall, Maguayr, Devis (Xenriksen, 84), Douson, Livermor, Al-Muhammadi, Haddlstoun, Klukas, Snodgrass, Diomande, Mbokani (Meyson, 65).
Mavzuga oid
18:11 / 03.06.2026
Abduqodir Husanov APLda transfer narxi eng ko‘p oshgan futbolchilar o‘ntaligiga kirdi
12:01 / 25.05.2026
«Arsenal» kubok ko‘tardi, «Siti» va «Liverpul» afsonalari bilan xayrlashdi
15:56 / 22.05.2026
«Ketishim sababini so‘ramang». Gvardiola «Siti» bilan xayrlashdi
02:16 / 20.05.2026