Sport | 23:29 / 02.01.2017
9321
1 daqiqa o‘qiladi

Keyingi mavsumda Xitoy chempionatiga yulduzlar oqimi nisbatan kam bo‘ladi

Xitoy Superligasi legionerlar sonini cheklaydigan bo‘ldi.

Ma'lum qilinishicha, 2018 yildan boshlab jamoalar faqat 4 nafar legioner bilan shartnoma imzolash huquqiga ega bo‘ladi. Ulardan bir nafari Osiyo qit'asiga kiruvchi davlat fuqarosi bo‘lishi shart hisoblanadi. 

Ayni paytda Xitoy klublari 5 nafar legionerni mavsum uchun qaydnomadan o‘tkazishi mumkin.

Bu o‘zgarishni 2017 yildan boshlab amalga kiritish rejalashtirilgan, biroq klublar bu qarorga qarshilik ko‘rsatishgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid