22-24 aprel kunlari futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasida 9-tur o‘yinlari o‘tkazildi.
BUXORO 0:1 PAXTAKOR
Gol: Bashar Resan, 15 (0:1)
Chetlatish: Shahboz Jo‘rabekov, 90+5 (Buxoro)
Peshqadam «Paxtakor» safarda bu mavsumni yaxshi boshlagan «Buxoro» bilan to‘qnash keldi. Iroqlik legioner Bashar Resan tomonidan urilgan yagona gol o‘yin taqdirini hal qildi. Toshkentliklar chempionatdagi peshqadamlikni davom ettirmoqda.
XORAZM 0:2 NeFTChI
Gollar: Stipe Peritsa, 14 (0:1), Abrorbek Ismoilov, 64 (0:2)
Chetlatish: Izzatillo Po‘latov, 87 (Neftchi)
«Neftchi» safarda har taymda urilgan gollar evaziga «Xorazm»ni ishonchli tarzda yengdi. Farg‘onaliklar «Paxtakor» bilan bir xil ochko jamg‘argan, ammo faqat o‘zaro o‘yin natijasiga ko‘ra ortda bormoqda. Urganchdagi bu o‘yin turda eng ko‘p tomoshabin yig‘di – 11270.
NAVBAHOR 1:1 SO‘G‘DIYoNA
Gollar: Lyupcho Doriyev, 71 (0:1), Islombek Mamatkazin, 90+4 (1:1)
«Navbahor» so‘nggi daqiqada urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Namangan klubi hamon uchinchi o‘rinda bormoqda, ammo peshqadamlardan biroz orqada qola boshladi. Endi 2-o‘rin bilan 3-o‘rin orasidagi farq 5 ochkoga yetdi. «So‘g‘diyona» 15-o‘rinni egallab turibdi. Toshkentda o‘tkazilgan bu o‘yin turda eng kam – 1136 muxlis to‘pladi.
NASAF 2:3 LOKOMOTIV
Gollar: Sharof Muhitdinov, 23 (1:0), Sardor Mirzayev, 43 (1:1), Temurxo‘ja Abduxoliqov, 63 (1:2), Oybek Rustamov, 73 avtogol (1:3), Yusuf Otubanjo, 88 (2:3)
«Nasaf» kutilmaganda «Lokomotiv»ga yutqazdi. Qarshi klubi qatorasiga 4 o‘yindan beri g‘alaba nimaligini bilmayapti va 7-o‘ringa tushib qoldi. «Lokomotiv» bu g‘alabadan keyin «Nasaf»dan o‘zib, 6-o‘ringa ko‘tarildi.
SURXON 2:1 MASh’AL
Gollar: Samandar Ochilov, 60 pen (0:1), Stefen Chinedu, 84 (1:1), Kamron Yusupov, 90+2 (2:1)
«Mash’al» chempionatdagi ilk ochkosini olishga juda yaqin edi. Ammo «Surxon» kuchli iroda namoyish etib, oxirgi daqiqalarda urilgan gollar evaziga g‘alabani ilib ketdi. «Mash’al» qatorasiga 9 ta mag‘lubiyatdan keyin bosh murabbiy Igor Surovni iste’foga chiqardi.










