Lenovo o‘ta kuchli o‘yin noutbuklarini taqdim etmoqda
Lenovo kompaniyasi CES 2017 ko‘rgazmasida yangi Legion brendini taqdim etdi. Uning doirasida o‘yin ishqibozlariga mo‘ljallangan uskunalar chiqariladi. Birinchi modellar - Lenovo Legion Y720 va Y520 o‘yin noutbuklari bo‘ladi.
Har ikki noutbuk yettinchi avloddagi Intel Core i7 asosida yaratiladi. Ulardagi chip modellar modifikatsiyasiga ko‘ra farqlanadi. Bundan tashqari, qurilmalar 10 -seriyadagi NVIDIA videokartasi va DDR4 standartidagi 16 GB tezkor xotiraga ega bo‘ladi. Ma'lumot uzatish uchun Thunderbolt 3 va USB Type-C interfeyslari mavjud.
Lenovo Legion Y720 kengligi 3840x2160 nuqta bo‘lgan IPS-ekran bilan jihozlanadi. NVIDIA GeForce GTX 1060 videokartasi esa grafikaning kuchliligini kafolatlaydi. Unda Dolby Atmos tovush tizimi ham o‘rnatilgan (bu dunyodagi ushbu texnologiyani qo‘llab-quvvatlovchi birinchi Windows-noutbukdir).
Lenovo Legion Y520 esa biroq kuchsizroq. Unda NVIDIA GeForce GTX 1050 Ti videokartasi bo‘lib, qolgan jihatlari modifikatsiyaga ko‘ra belgilanadi. Kuchi 2 Vt bo‘lgan Harman dinamiklari Dolby Audio Premium’ni qo‘llab-quvvatlaydi.
Har ikki qurilma Windows 10 Home va Microsoft Office 2013 dasturlari bilan yetkazib beriladi.
Lenovo Legion Y520 fevralda sotuvga chiqarilib, narxi 899,99 AQSh dollari bo‘lishi kutilmoqda. Yuqori model esa aprelda sotuvga chiqadi. Lenovo Legion Y720’ning narxi – 1399,99 AQSh dollari.
Mavzuga oid
22:07 / 26.02.2024
Lenovo shaffof MicroLED displeyli noutbukni namoyish etdi
17:00 / 02.06.2023
Toshkentda Lenovo Store brend do‘konining ochilishi bo‘lib o‘tdi
23:36 / 27.02.2023
Lenovo kattalashadigan ekranli noutbukni namoyish etdi
15:00 / 22.06.2020