2023 yil 1 iyun kuni Lenovo Özbekiston hududida birinçi brend dökoni oçilganini e’lon qildi. Kompaniyaning rasmiy brend-şopi Toşkentda Labzak köçasi, 106-uyda joylaşgan. Lenovo Store çakana savdo dökonining operatori Age computers hisoblanadi. 

140 kv/m maydondagi dökonda xususiy va biznes-foydalanuvçilar uçun işlab çiqaruvçining maşhur: Lenovo Legion, YOGA, ThinkPad, ThinkBook, IdeaPad portativ noutbuklari; şuningdek, ular uçun aksessuarlar va taşqi qurilmalar mavjud. Kelajakda dökon assortimenti şaxsiy kompyuterlar, monitor, Lenovo mobil qurilmalarining yangi modellari bilan töldirib boriladi. Dökon maydonining 20% kafolatli xizmat körsatiş masalalari böyiça savdo va mijozlar bilan işlaşga bağişlangan, 80% esa Lenovo uskunalari xaridorlari yangi mahsulotlarni sotib olişdan oldin körib çiqişlari, qurilmalarni sinab körişlari, xarid qilişdan oldin maslahatçilarga savollar berişlari mumkin bölgan namoyiş maydoniga ajratilgan.

“Lenovo Özbekistonda birinçilardan bölib (xalqaro kompyuter uskunalari işlab çiqaruvçi kompaniyalar orasida) rasmiy çakana savdoni rivojlantirişni boşladi. Kompaniya dökoni - Özbekiston hududida xaridorning brend bilan rasmiy aloqa nuqtasidir. Bu yerda mijozlar nafaqat özlarining turmuş tarzi va vazifalari uçun noutbuk tanlaşlari, balki kerak bölganda kafolat xizmatiga murojaat qilişlari yoki sozlaş böyiça maslahat olişlari mumkin. Bunda ular uşbu qurilmaning kelib çiqişiga va körsatilayotgan xizmatlar sifatiga işonç hosil qilişlari mumkin”- deydi Lenovo Intelligent Devices Group (IDG) kompaniyasining Markaziy Osiyo va Ozarboyjondagi boş direktori Alnur Yermagambetov.

Lenovo dökonining oçilişi doirasida Legion va Yoga noutbuklarining birinçi xaridorlari orasida brendning aksessuarlar portfelidagi sovrinlar: taşqi qurilmalar, siçqonçalar, klaviaturalar öynaladi.

Siz tovarlar, assortiment, qöşimça xizmatlar va servislar mavjudligi, şuningdek dökonning iş vaqti haqidagi ma’lumotlarni Lenovöning rasmiy sahifasi, Facebook va Instagram'dan olişingiz mumkin.