Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 3 yanvar kuni «Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida»gi qonunni imzoladi. Hujjat matni «Xalq sözi» naşrida e'lon qilingan.

Uşbu Qonunning maqsadi korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi munosabatlarni tartibga solişdan iborat.

Qonun Qonunçilik palatasi tomonidan 2016 yilning 24 noyabrida qabul qilingan, Senat tomonidan 2016 yilning 13 dekabrida ma'qullangan.

Hujjatda «korrupsiya», «korrupsiyaga oid huquqbuzarlik», «manfaatlar töqnaşuvi» kabi asosiy tuşunçalarga izoh berilgan. Şuningdek, korrupsiyaga qarşi kuraşişning asosiy prinsiplari keltirib ötilgan.

Korrupsiya - şaxsning öz mansab yoki xizmat mavqeidan şaxsiy manfaatlarini yoxud özga şaxslarning manfaatlarini közlab moddiy yoki nomoddiy naf oliş maqsadida qonunga xilof ravişda foydalanişi, xuddi şuningdek bunday nafni qonunga xilof ravişda taqdim etiş;

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik - korrupsiya alomatlariga ega bölgan, sodir etilganligi uçun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qilmiş;

Manfaatlar töqnaşuvi - şaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik şaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlari lozim darajada bajarişga ta'sir körsatayotgan yoxud ta'sir körsatişi mumkin bölgan hamda şaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, taşkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari örtasida qarama-qarşilik yuzaga kelişi mumkin bölgan vaziyat.

Qonunning 4-moddasiga köra, korrupsiyaga qarşi kuraşişning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
oçiqlik va şaffoflik;
tizimlilik;
davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;
korrupsiyaning oldini olişga doir çora-tadbirlar ustuvorligi;
javobgarlikning muqarrarligi.

5-modda.