Prezident Şavkat Mirziyoyev Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi faoliyatini tanqid qilib, agentlik rahbariyati korrupsiya holati eng köp bölgan tuman soğliqni saqlaş, bandlik bölimi yoki bank filialiga borib, holatni örganmagani, yangi zamonaviy tizim böyiça taklif bermaganini körsatib ötdi. Uşbu sohalarning bevosita rahbarlarining öz tizimini “korrupsiyadan xoli” qiliş işlari sustligi tanqid qilindi.
Prezident topşiriği bilan investitsiya dasturlari ustidan nazorat kuçaytirilganidan keyin ötgan yilning özida 3 trillion söm iqtisod böldi. Yoki soğliqni saqlaş tizimida “Situatsion markaz” işga tuşirilgani hisobiga 2024 yilda 1,2 trillion sömlik maqsadsiz xarajatlarning oldi olindi.
“Lekin, nega bu işlar Prezident topşiriq berganidan keyin boşlanişi kerak?” - deya savol qöydi davlat rahbari.
Parlamentdagi budjet qömitalarida ham har yili budjetdan eng köp mablağ oladigan 3 ta vazirlikka borib, korrupsiyaviy omillarni aniqlaşda va özgariş qilişda taşabbuskorlik yetişmayotgani qayd etildi.
Boş vazirga 117 ta vazirlik va idoradagi “korrupsiyaga qarşi içki nazorat” tuzilmalari rahbarlarini işdan oliş va ularning örniga halol, fidoyi va professional kadrlardan qöyiş, ularning oldiga aniq vazifalarni belgilab beriş topşirildi.
Vazirliklarning hududiy komplayens xodimlarini bevosita vazirning özi işga qöyişi, öziga siyosiy mas’uliyat olib, butun tizimidagi korrupsiya uçun şaxsan javob berişi belgilandi.
Agentlikning iş uslubi mutlaqo özgaradi. Buning uçun tajriba tariqasida 5 ta idora: Soğliqni saqlaş, Quriliş, Suv xöjaligi vazirliklari, “Özbekneftgaz” va “Özsuvta’minot”ning komplayens nazorati agentlikka ötkaziladi.
Yil yakuni bilan bu vazirliklarda qança korrupsiyaviy omillarni bartaraf qilgani, odamlarga qanday yengilliklar bölgani haqida Milliy kengaşda hisobot beradi.
Şuningdek, agentlik vazir, hokimlar bilan birgalikda har çorakda korrupsiya yuqori bölgan kamida 3 ta sohada tumangaça tuşib, maişiy va tizimli korrupsiya omillarini çuqur örganadi, tahlillar asosida qaysi jarayonni raqamlaştiriş, qaysi byurokratik tartibni bekor qiliş böyiça aniq çoralarni işlab çiqadi.
Ikki oyda xalqaro reyting taşkilotlari tavsiyasi asosida “yöl xarita”si işlab çiqilib, har bir vazirlik va idoraga qilinadigan işlar aniq belgilab beriladi. Sustkaşlikka yöl qöygan rahbarlarni jazolaş böyiça taklif kiritiladi.

















