Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça milliy kengaşning kengaytirilgan yiğilişida oxirgi yillarda korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida erişilgan natijalar e’tirof etildi.
Xususan, davlat xaridlari böyiça qonun qabul qilingani, tanlov va tender raqamlaşib, soğlom raqobat bölgani uçun ötgan yili 14 trillion söm budjet mablaği tejalgani aytib ötildi.
Odamlar kredit oliş uçun köplab tösiq va ğovlarni yengib ötişi kerak edi. Bugunga kelib barça banklar 100 million sömgaça maişiy kreditlarni inson omilisiz 5 daqiqa içida onlayn bermoqda. Natijada oldin bu iş bilan şuğullangan minglab bankirlar endi mahallaga tuşib, odamlarga loyiha, kredit taklif qilib, mijozini köpaytiriş ustida işlayapti.
Odamlar bolasini maktab yoki boğçaga joylaştirişda sarson bölgan, işini “boşqa yöllar” bilan hal qilişga töğri kelgan edi. Ötgan davrda maktabgaça va maktab ta’limi tizimida 10 dan ortiq xizmat turlari töliq elektron şaklga ötkazildi. Uşbu sohada murojaatlar soni 2,5 karraga kamaydi.
Bundan 7-8 yil avval oliygohlarga öqişga kirişda “taniş-bilişçilik” avj olgan edi. Soha raqamlaşdi, imtihonlar onlayn translatsiya bölyapti. Avval test topşirib, töplagan balliga qarab, keyin oliygohni tanlaş tizimi joriy qilindi. Oliy ta’limda 35 turdagi hujjatlarni inson omilisiz olişga ötilgani uçun sohadagi murojaatlar 2,2 baravar kamaydi.
Yöl harakati xavfsizligi inspektorlari bodi-kamera bilan xizmat ötayotgani, avtoraqamlar auksionda sotilayotgani, “qöl radari” va qoğoz bayonnoma tuziş bekor qilingani uçun korrupsiya omillari keskin kamaydi.
Aholi va tadbirkorlarga “xalq xizmatidagi davlat” tamoyili asosida xizmat körsatiş yölga qöyildi. Xususan, 120 turdagi hujjatlarni talab qiliş, 160 dan ortiq litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi. Natijada 200 mingga yaqin yangi tadbirkorlar bozorga kirib keldi. Çet el iştirokidagi korxonalar qariyb 5 karra oşib, 23 mingga yaqinlaşdi. Elektron davlat xizmatlari soni 15 karra ortib, 721 taga yetdi, ulardan foydalanuvçilar esa 11 milliondan oşdi.
«Oldingi 25 yil davomida bu tuşunçalar bizga yot edi. Körib körmaslikka olinardi. Bularning heç biri özidan-özi bölgani yöq. Hammasiga maşaqqatli mehnatimiz bilan erişdik.
Eng muhimi – bularning hisobiga aholi, tadbirkorlar, xorijiy hamkorlarimiz, xalqaro taşkilotlar va investorlarning islohotlarimizga işonçi mustahkamlandi.



















