Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya kubogi. "Atletik" 2 kishi kam bo‘lib "Barselona"ni mag‘lub etdi
Foto: Twitter/SportYou
Ispaniya kubogi 1/8 finalida "Atletik Bilbao" o‘z uyida "Barselona"ni qabul qildi. Keskin kurashlarga boy bo‘lgan uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Dastlab mezbon jamoa vakillari 3 daqiqa farq bilan 2ta gol kiritishdi. Ularga Aduris hamda Uilyams mualliflik qildi. Ikkinchi bo‘limning boshida Messi jarima to‘pini aniq yo‘llab, yakuniy hisobni o‘rnatdi.
"Atletik Bilbao" o‘yinni 9 kishi bo‘lib tugatdi. Mezbon jamoa vakillari Raul Garsiya hamda Iturraspe ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydonni muddatidan oldin tark etishdi.
Ispaniya kubogi 1/8 finalining javob o‘yinlari 10-12 yanvar kunlari o‘tkaziladi.
Atletik Bilbao – Barselona 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 25 Aduris, 2:0 – 28 Inyaki Uilyams, 2:1 – 52 Messi.
Atletik Bilbao – Iraysos, Laport, Echeyta, Balensiaga, Saborit (Muniain, 68), Raul Garsiya, San Xose, Inyaki Uilyams (Elustondo, 84), Iturraspe, Boveda, Aduris (Eraso, 78).
Barselona – ter Stegen, Umtiti (Pako Alkaser, 88), Pike, Alba, Serji Roberto, Rakitich (Andre Gomesh, 71), Buskets, Inesta, Neymar, Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Aduris (40), Umtiti (40), Inesta (45), Alba (45), Buskets (45), Iturraspe (53), Raul Garsiya (55).
Chetlatishlar: Raul Garsiya (74), Iturraspe (80).
Mavzuga oid
12:16 / 23.03.2026
Madrid derbisida “Real” ustun keldi, “Barselona” minimal hisobda g‘alaba qozondi
07:22 / 19.03.2026
«Barsa»da 7 gol, «Liverpul»da kambek. YeChLda kun o‘yinlari
12:39 / 16.03.2026
«MYu» yuqorilamoqda, «Barsa»da yirik g‘alaba. Kun o‘yinlari
16:41 / 10.03.2026