Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Honkongda parranda grippi tufayli 2 kishi vafot etdi
Foto: Medical Daily
Qish boshlanganidan buyon H7N9 parranda grippi tufayli Xitoy Xalq Respublikasining maxsus ma'muriy tumani — Honkong hududida 2 kishi vafot etdi. Bu haqda "Chjungo tsinnyanbao" gazetasi yozgan.
Mahalliy sog‘liqni saqlash organlari ma'lumotlariga ko‘ra, Honkongning yaqinda vafot etgan fuqarosi dekabr o‘rtalarida Guanchjou shahriga qilgan safari chog‘ida kasallikni yuqtirgandi.
Avvalroq Honkong ma'muriyati hududda H7N9 parranda grippi bilan kasallanish bilan bog‘liq so‘nggi 3 hafta ichidagi uchinchi holat haqida ma'lum qilgan edi. Grippni yuqtirgan 62 yoshli erkak og‘ir ahvolda qolmoqda.
So‘nggi vaqtlarda ushbu kasallikning Janubiy va Sharqiy Xitoyda tarqalishi kuzatilmoqda. Joriy qishda XXRda ushbu virus tufayli bir qancha o‘lim qayd etildi.
Xitoyda birinchi marta H7N9 odamda 2013 yilning martida aniqlangan edi. 2013-2014 yillarda ushbu kasallik Xitoyda avj olishi natijasida 36 kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Mavzuga oid
12:53 / 01.12.2025
Hongkongdagi yong‘in qurbonlari 140 nafardan oshdi. Xitoy namoyishlar boshlanishidan xavotirda
17:47 / 28.11.2025
«Hongkongdagi yong‘in qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmadi» - TIV
08:40 / 28.11.2025
Hongkongdagi turar joy majmuasida yong‘in: kamida 94 kishi halok bo‘ldi
17:28 / 27.11.2025