Hongkongda köp qavatli uylar majmuasidagi yonğin kelib çiqişining sabablari böyiça tergov davom etmoqda. Bu jarayon — aholining yonğin xavfi haqidagi ogohlantirişlari e’tiborsiz qoldirilgani va xavfsiz bölmagan quriliş amaliyotlaridan dalolat beruvçi ma’lumotlar fonida keçmoqda.

Yakşanba kunga kelib tasdiqlangan qurbonlar soni 146 nafarga yetdi. Ayrim jasadlar zinapoyalarda va tomlarda topilgan — ular fojiadan qoçib-qutulişga uringan bölgan. Politsiyaga köra, 79 kişi jarohat olgan, şuningdek hali ham yuzga yaqin inson bedarak yöqolgan.

Wang Fuk Court turar joy majmuasi yaqinidagi kanal böylab bir kilometrdan ortiq navbatda turganlar qurbonlar xotirasiga oq gul qöymoqda.

Foto: AP

Reuters mahalliy muxbirlarining aytişiça, Hongkongning şimolidagi Tai Po tumanida tört kun ötgaç ham havoda tutun isi sezilib turgan. Qurbonlar orasida yetti nafar indoneziyalik uy xizmatçisi va bir filippinlik yordamçi ham bor. Önlab mehnat migrantlari hanuz bedarak yöqolgan.

Noroziliklar va Xitoyning bosimi

Xitoy materigi bilan çegaraga yaqin joylaşgan binolardagi yonğin Hongkongni larzaga soldi. Rasmiylar jinoyat va korrupsiya böyiça tergovni boşlagan. Hokimiyatlar yonğin bilan boğliq holda 11 kişini hibsga olgan. Tergov ta’mir jarayonida ehtimoliy korrupsiya va xavfli materiallar qöllanganini örganmoqda.

Qutqaruv işlari juma kuni yakunlangan bölsa-da, politsiya xavfli, kuyib ketgan binolarni birma-bir közdan keçirişi davomida yana jasadlar topilişi mumkinligini aytmoqda. Bu jarayon uç-tört hafta davom etişi ehtimoli bor.

Reutersʼning ikki manbasiga köra, politsiya şanba kuni — mustaqil tekşiruv ötkaziş, ehtimoliy korrupsiya va quriliş nazoratini qayta körib çiqişni talab qilib, petitsiyani boşlab bergan 24 yoşli Mayls Kvanni hibsga olgan. Hongkong politsiyasi holat yuzasidan izoh bermadi.

Faollar guruhi tomonidan internetda e’lon qilingan petitsiya şanba kuni tuşga qadar 10 mingdan ortiq imzo töpladi va söng yopildi.

Şundan söng Tai Pöda yaşaydigan, xorijda istiqomat qiluvçi boşqa bir fuqaro tomonidan şunga öxşaş talablar bilan ikkinçi petitsiya boşlangan.