Jamiyat | 20:30 / 06.01.2017
19294
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda 10 kun davomida qirg‘izistonlik tadbirkor tutqunlikda saqlanib, qiynoqqa solingan

Qirg‘iziston fuqarosi, O‘sh viloyatida istiqomat qiluvchi tadbirkor Akjo‘l Kalboyev 10 kun davomida Tojikistonning Xo‘jand viloyati hududida tutqunlikda saqlangan. Bu haqda Turmush saytida xabar qilindi.

Ma'lum bo‘lishicha, Kalboyev o‘zining sobiq hamkorinikiga mehmon bo‘lib borgandi. Safari davomida tutib, qamab qo‘ygan shaxslar uni kaltaklashgan va uning qarindoshlari bilan aloqaga chiqib, 23 ming dollar miqdoridagi tovon puli talab qilishgan.

Faqat 10 kundan keyingina, 29 dekabr kuni Tojikiston huquq-tartibot organlari uni tutqunlikdan ozod qilishgan va Qirg‘izistonga qaytarilgan.

O‘sh viloyati IIB ma'lumotiga ko‘ra, Tojikiston maxsus xizmatlari bu hodisa bo‘yicha tekshiruv boshlagan. 

Ayni vaqtda Kalboyev O‘sh shahridagi xususiy klinikalardan birida qolmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid