Tadbirda Qirğiziston prezidentining Öş viloyatidagi vakolatli vakili Elçibek Jantayev, Qorasuv tumani rahbarlari hamda Toşkent şahridagi köp tarmoqli klinika xodimlari va boşqalar qatnaşdi.
Özbekiston va Qirğiziston hamkorligida faoliyat yuritadigan mazkur tibbiyot maskani beş qavatdan iborat bölib, unda zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlangan jarrohlik amaliyotlari bloki, reabilitatsiya xonalari, konferens-zal va ilmiy markaz joylaşadi.
Yangi tibbiyot markazi bir vaqtda 70 bemorni qabul qiliş imkoniyatiga ega böladi. Markaz töliq işga tuşganidan keyin 100 ta yangi iş örni yaratiladi.
Loyihaning umumiy qiymati esa 3,5 million AQŞ dollariga teng. Quriliş işlari 2026 yil avgust oyida yakunlanadi.












