Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bavariya» prezidenti o‘z klubini tanqid qildi
Myunxenning «Bavariya» jamoasi prezidenti Uli Xyoness o‘zi rahbarlik qiladigan klubni bolalar va o‘smirlar jamoalari faoliyati qoniqarsizligi uchun tanqid qildi. Xyonessning hisoblashicha, nemislar grandida bu masalaga yetarlicha e'tibor qaratilmayapti.
«Biz bu boradagi xatolarimizni tan olishimiz kerak. Biz bolalar va o‘smirlar jamoalarida ishlar yaxshi ketmayotgani haqidagi haqiqatni qabul qilishimiz kerak. Tez orada turli yoshdagi futbolchilarni tayyorlash markazi tashkil qilamiz. Ammo bu hammasi o‘z o‘zidan bo‘lib qoladi degani emas. Biz hosilni yig‘ib olish uchun jiddiy ishlashimiz kerak», — deya Xyonessning so‘zlarini keltirgan tz portali.
Bundan oldinroq, prezident asosiy jamoadagi legioner futbolchilarga nemis tilini bilmaganlik uchun jarima qo‘llanishi haqida aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid
22:20 / 29.04.2026
PSJ va «Bavariya» futbol sha’ni uchun jang qilib, birgalikda g‘olib bo‘lishdi
14:07 / 29.04.2026
Finaldan oldingi final. «PSJ» va «Bavariya» tarixiy o‘yin o‘tkazdi
23:03 / 19.04.2026
«Bavariya» muddatidan oldin Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi
04:10 / 16.04.2026