Sport | 23:37 / 09.01.2017
12310
1 daqiqa o‘qiladi

2016 yilning eng yaxshi murabbiyi e'lon qilindi

Shveytsariyaning Tsyurix shahrida FIFA tomonidan 2016 yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi davom etmoqda.

Yilning eng yaxshi murabbiyi deb «Lester» bosh murabbiyi Klaudio Raneri e'lon qilindi.

Ushbu mukofot uchun Fernandu Santush (Portugaliya terma jamoasi) va Zaynidin Zidan (Real Madrid) ham da'vogarlik qilgandi.

G‘olibga sovrinni jahon futboli yulduzi Diyego Maradona topshirdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid