Sport | 03:37 / 09.01.2017
7566
1 daqiqa o‘qiladi

La-Liga, 17-tur. "Vilyarreal" "Barselona"dan ochko tortib oldi

Foto: Twitter/LaLiga

Ispaniya chempionatining 17-turida "Vilyarreal" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qildi. Shiddatli kechgan uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 

Mezbonlar ikkinchi bo‘limning boshida Sansone kiritgan gol evaziga oldinga chiqib olishdi. 90-daqiqada mehmonlar raqib darvozasi yaqinida jarima to‘pi ishlab oldi. Lionel Messi esa bundan unumli foydalanib, jamoasiga 1 ochko olib berdi. 

Vilyarreal – Barselona 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar:
1:0 – 49 Sansone, 1:1 – 90 Messi.
Vilyarreal – Asenxo, Musakko (Alvaro Gonsales, 87), Kosta, Mario Gaspar, Ruis, Soriano, Trigeros, Soriano (Rodri Ernandes, 83), Dos Santos, Sansone, Pato (Kastilexo, 76).
Barselona – ter Stegen, Suares, Pike, Din (Turan, 71), Buskets, Maskerano, Andre Gomesh (Suares, 68), Serdji Roberto, Inesta, Messi, Neymar.
Ogohlantirishlar: Kosta (70), Serdji Roberto (78), Sansone (78), Pike (83).
Chetlatish: Kosta (90).

 

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid