Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlikni ekstraditsiya qildi
Rossiyaning Moskva viloyati hududida istiqomat qilib kelgan O‘zbekiston fuqarosi Gulshoda Jo‘raboyeva odam savdosi, firibgarlik va qalbaki hujjatlar tayyorlaganlikda ayblanib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda prokuraturadagi manbasiga asoslangan holda «Moskva» shahar yangiliklar agentligi xabar bergan.
«Huquq-tartibot organlaridan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, 2008 yilda ushbu ayol uch nafar vatandoshi, jumladan voyaga yetmagan bolani ish bilan ta'minlashni va'da qilgan holda Rossiyaga olib kelgan. Lekin u Rossiya Federatsiyasi hududiga kirgach, ulardan pasportlarni olib qo‘ygan va tekinga ishlashga majburlagan», — deyilgan xabarda.
Shuningdek, 2009 yilda u Samarqandda uy egasi roziligi bildirilgan hujjatlarsiz kvartirani sotib yuborgani aniqlangan.
Mavzuga oid
08:50 / 07.07.2026
59 mamlakatda odam savdosi tarmoqlariga zarba berildi
20:56 / 06.07.2026
O‘zbekistonda uyushgan jinoyatchilik darajasi past, ammo muammolar saqlanib qolmoqda - tadqiqot
20:20 / 21.06.2026
Interpol o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxslarni O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi
13:14 / 07.06.2026