Ozarboyjonda 2017 yil "Islom birdamligi yili" deb e'lon qilindi
2017 yil Ozarboyjonda "Islom birdamligi yili" deb e'lon qilindi, deb aytdi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev vazirlar mahkamasi yig‘ilishida.
Shu munosabat bilan Aliyev Ozarboyjonda bo‘lib o‘tadigan IV Islom birdamligi o‘yinlarining ahamiyati kattaligini ta'kidlab o‘tdi.
"Islom birdamligi o‘yinlarining o‘tkazilishi bilan biz yana bir marotaba o‘z kuchimiz va imkoniyatlarimizni, diniy qadriyatlarga sodiqligimizni namoyish qilamiz. Islom dunyosiga xavf islom dunyosining o‘zidan taraladi. Biz islom dunyosini birlashtirishga harakat qilamiz", deb aytgan Aliyev.
Aliyev shuningdek Tog‘li Qorabog‘ ixtilofini tartibga solish masalasiga ham e'tibor qaratgan.
"Ozarboyjon o‘z yerlarining bosib olinishiga hech qachon ko‘nikmaydi. Biz barcha ig‘volarga munosib javob beramiz. Armaniston tomonidan yaratilgan afsona chippakka chiqdi. Armanlarning o‘zlari agar xorijdan yordam bo‘lmasa, Ozarbayjonga qarshi bir hafta ham tura olmasliklarini tan olmoqdalar", deb aytdi Aliyev.
Mavzuga oid
23:13 / 23.08.2024
Ziroat Mirziyoyeva va Saida Mirziyoyeva Ozarboyjon birinchi xonimi bilan uchrashdi
23:00 / 18.08.2024
Ozarbayjon BRIKSga qo‘shilish niyatida
19:16 / 02.08.2024
Yevropadagi yana bir davlat Rossiya o‘rniga Ozarbayjondan gaz sotib olishni boshladi
08:15 / 05.07.2024