Ronaldu o‘z nutqida «Barselona» haqida eslab o‘tdi

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFA talqini bo‘yicha 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi uchun ta'sis etilgan mukofotni qabul qilib olganidan keyin nutq so‘zladi.
«Men uchun ovoz berganlarning barchasiga minnatdorchilik bildirishni istayman: muxlislar, terma jamoa sardorlari va jurnalistlar. Rahmat sizlarga.
Men FIFA mukofotini ilk marta olayotganim yo‘q, ammo bu birinchi The Best. Men birinchi navbatda «Real»ga va jamoamiz murabbiyiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Men uchun qilgan ishlaringiz uchun rahmat. Shuningdek, oilam, akalarim, onam, klub xodimlariga rahmat aytaman.
2016 yil faoliyatimdagi eng yaxshi yil bo‘ldi. Men o‘tgan yilni hech qachon unutmayman. Juda baxtiyorman, barchadan minnatdorman.
Afsuski, bunday pallada «Barselona» futbolchilari biz bilan birga emas, ammo ularni to‘g‘ri tushunish mumkin», – degan Ronaldu.
Eslatib o‘tamiz, FIFA marosimiga taklif etilgan «Barselona» futbolchilari marosimga kelmaslikni ma'qul ko‘rdi. Lionel Messi, Jyerar Pike, Luis Suares va Andres Inesta yil ramziy terma jamoasiga kiritilgandi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindistonning Jammu aeroportida portlashlar yuz berdi - AFP
Jahon | 00:23
-
Toshkentdan Lohurga uchadigan reyslar bekor qilinadi
O‘zbekiston | 23:40 / 08.05.2025
-
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi
Jamiyat | 23:21 / 08.05.2025
-
"Ekkan hosiligacha bozor bahosida hisob-kitob qildik" - Shuhrat Abdurahmonov
O‘zbekiston | 22:49 / 08.05.2025
Mavzuga oid

18:36 / 07.05.2025
Tajriba sinovi. «Barsa» nega yarimfinaldan o‘tolmadi?

02:38 / 07.05.2025
Yetti gol urilgan o‘yinda "Inter" "Barselona"ni YeChLdan chiqarib yubordi

12:27 / 04.05.2025
«Barsa» amalladi, «Bavariya»ning chempionligi kechiktirildi. Kun o‘yinlari

10:53 / 01.05.2025