15:38 / 10.01.2017
11801

O‘zbekiston vakillari FIFA so‘rovnomasida kimlar uchun ovoz bergani ma'lum qilindi

Shveytsariyaning Tsyurix shahrida 9 yanvar kuni Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) talqini bo‘yicha 2016 yilning eng yaxshilarini aniqlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yilning eng yaxshi futbolchisi hamda eng yaxshi murabbiyiga ovoz berish jarayonida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan va jamoa sardori Odil Ahmedov ishtirok etdi.

O‘FF rasmiy sayti ma'lumot berishicha, Samvel Babayan o‘z ovozlarini quyidagicha taqsimladi: 

Murabbiylar: 1. Klaudio Raneri (“Lester”), 2. Diyego Simeone (“Atletiko”), 3. Zaynidin Zidan (“Real”).

Futbolchilar: 1. Lionel Messi (“Barselona”, Argentina), 2. Toni Kroos (“Real”, Germaniya), 3. Antuan Grizmann (“Atletiko”, Fransiya).

Odil Ahmedovning ovozlari quyidagicha taqsimlandi:

Murabbiylar: 1. Yurgen Klopp (“Liverpul”), 2. Luis Enrike (“Barselona”), 3. Xosep Gvardiola (“Bavariya”).

Futbolchilar: 1. Lionel Messi (“Barselona”, Argentina), 2. Krishtianu Ronaldu (“Real”, Portugaliya), 3. Antuan Grizmann (“Atletiko”, Fransiya).

2016 yilning eng yaxshi ayol futbolchisi va eng yaxshi ayol murabbiyini aniqlashda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Sherali Boboqulov va jamoa sardori Mahliyo Sariqova ishtirok etdi.

Sherali Boboqulov quyidagilarga o‘z ovozini berdi:

Futbolchilar: 1. Jyennifer Marozsan, 2. Karli Lloyd, 3. Kristen Tsinkler.

Murabbiylar: 1. Silviya Nayd, 2. Piya Sandxeyj, 3. Filipp Bergeru.

Mahliyo Sariqova o‘z ovozlarini quyidagicha taqsimladi:

Futbolchilar: 1. Karli Lloyd, 2. Kristen Tsinkler, 3. Jyennifer Marozsan

Murabbiylar: 1. Silviya Nayd, 2. Piya Sandxeyj, 3. Yulian Ellis

Krishtianu Ronaldu FIFA talqini bo‘yicha 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. “Lester” ustozi Klaudio Raneri eng yaxshi murabbiy nomiga loyiq bo‘ldi.

AQSh ayollar terma jamoasi hujumchisi Karli Lloyd eng yaxshi futbolchi nomiga sazovor bo‘ldi. Germaniya ayollar termasi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan Silviya Nayd 2016 yilning eng yaxshi ayol murabbiyi deb tan olindi.

Top