Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
The Best marosimida Ronalduga berilishi kerak bo‘lgan soat o‘g‘irlab ketildi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Tsyurixdagi The Best sovrinlarini topshirish marosimidan avval oltita sovg‘a sifatida berilishi lozim bo‘lgan soatlar o‘g‘irlangani haqida ma'lum qildi.
As ma'lumotlariga ko‘ra, o‘marilgan soatlar The Best mukofotlari bilan taqdirlangan shaxslar uchun mo‘ljallangan edi. Natijada eng yaxshi futbolchi bo‘lgan Ronaldu, yilning eng yaxshi murabbiyi Klaudio Raneri, 2016 yilning eng yaxshi ayol futbolchisi Karli Lloyd va boshqa g‘oliblar Hublot markali soatlarning ancha arzon nusxasi bilan cheklanishdi. O‘g‘irlangan buyumning har biri esa 92 ming yevro bo‘lgan.
Xabarlarga ko‘ra, yaqin kunlarda futbol olamining o‘tgan yilgi oltita eng yaxshilari Hublot’ning o‘sha - Bing Bang Football soat modelini baribir olishadi.
Mavzuga oid
18:21 / 31.12.2025
FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi uchun yangi mukofot ta’sis etdi
22:55 / 16.12.2025
Usmon Dembele FIFA talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
23:34 / 06.11.2025
FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun 11 da’vogarni aniqladi
23:50 / 17.12.2024