Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi uchun yangi mukofot ta’sis etdi
FIFA The Best o‘rniga yangi mukofotni Dubay sport kengashi (DSC) bilan hamkorlik doirasida topshiradi. Birinchi taqdirlash marosimi 2026 yilda Dubayda bo‘lib o‘tadi.
Foto: FIFA
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) yil yakunlari bo‘yicha eng yaxshi futbolchilar uchun yangi mukofot ta’sis etilganini e’lon qildi.
Ta’kidlanishicha, FIFA yangi mukofotni Dubay sport kengashi (DSC) bilan hamkorlik doirasida topshiradi. Birinchi taqdirlash marosimi 2026 yilda Dubayda bo‘lib o‘tadi.
«2026 yildan boshlab ushbu tadbir butun dunyodan eng nufuzli futbol arboblarini to‘playdigan, o‘tgan yil davomida eng yaxshi o‘yinchilar, jamoalar va ajoyib o‘yin yutuqlarini e’tirof etadigan FIFAning yagona rasmiy yillik taqdirlash marosimi bo‘ladi», deyiladi xabarda.
FIFA 1991 yildan beri yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlamoqda. Tashkilot 2009 yilgacha mukofotni mustaqil ravishda topshirgan, 2010 yildan 2015 yilgacha mukofot France Football bilan birgalikda topshirilgan va «FIFA Oltin to‘pi» deb nomlangan. 2016 yildan beri mukofot yana alohida topshiriladigan bo‘ldi: France Football nashrining «Oltin to‘p»i va FIFA versiyasi bo‘yicha (FIFA Best).
FIFA Best mukofotining so‘nggi g‘olibi - 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida - «Pari Sen-Jyermen» hujumchisi Usmon Dembele bo‘ldi.
Mavzuga oid
20:36 / 19.01.2026
O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentdagi FIFA Series 2026 turnirida ishtirok etadi
18:34 / 14.01.2026
Agar yaxshi o‘ynasak, O‘zbekiston butun dunyodan muxlislar orttiradi – Shomurodov
19:58 / 29.12.2025
FIFA JCh-2026 chiptalariga talab rekord darajaga yetganini e’lon qildi
21:16 / 18.12.2025