10:14 / 12.01.2017
11027

"Barselona" Ispaniya kubogining chorakfinaliga chiqdi va qolgan natijalar

Foto: Twitter/FCBarcelona

"Barselona" Ispaniya kubogi 1/8 finalining javob uchrashuvida o‘z maydonida Bilbaoning "Atletik" klubini qabul qildi. "Kamp Nou"da o‘tgan uchrashuv "Barsa" foydasiga 3:1 hisobida yakunlandi.

G‘olib jamoa hisobida gollarni o‘z hisobiga Luis Suares, Lionel Messi va Neymar (penalti) yozib qo‘ydi. Bilbaoliklar safida Enrik Saborit bir javob to‘pini kiritdi.

Katalon klubi 1-uchrashuvni 2:1 hisobida yutqazgandi. Shu tariqa ikki uchrashuv hisobiga ko‘ra kataloniyaliklar musobaqaning chorakfinaliga yo‘l olishdi.

Ispaniya kubogi. 1/8 final. 2-uchrashuv.
Barselona – Atletik – 3:1 

Gollar: 1:0 – L. Suares (36) 2:0 – Neymar (48, penalti); 2:1 – Saborit (51); 3:1 – Messi (78).

Shuningdek, qolgan uchrashuvlarda chorakfinal yo‘llanmasini "Atletiko", "Alaves", "Alkorkon" va "Real Sosedad" qo‘lga kiritdi. Yana uchta yo‘llanma "Eybar" — "Osasuna", "Selta" — "Valensiya" va "Sevilya" — "Real Madrid" juftliklarida o‘ynaladi.

Vilyareal – Real Sosedad – 1:1

Gollar: 1:0 – Oyarsabal (15); 1:1 – Soriano (45). 

Kordova – Alkorkon – 1:2
Gollar: 1:0 – Povakari (9); 1:1 – Rodriges (51); 2:1 – Alexo (68).

Alaves – Deportivo – 1:1
Gollar: 1:0 – Mendes (45); 1:1 – Arribas (62).

Top