Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston davlat organlari kibertahdidlarga qarshi kurashishga tayyorlanmoqda
Jorj K. Marshal nomidagi xavfsizlik masalalarini o‘rganish bo‘yicha Yevropa markazi AQSh va Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonalari ko‘magida tegishli davlat organlari vakillari guruhiga kiberxavfsizlik bo‘yicha ta'lim berdi. Bu haqda Podrobno.uz xabar bermoqda.
«Toshkentda kibermakon xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. U bu yo‘nalishdagi ilg‘or tajribalar va strategiyalarni tahlil qilishga bag‘ishlandi», - deya xabar qilgan AQSh elchixonasi. Mutaxassislar kibermakonda milliy xavfsizlik ta'minlanishini chuqurlashtirish borasidagi masalani ham muhokama qilishgan.
Tadbirda Ozarboyjon, Germaniya, Portugaliya, Polsha, Ukraina va AQSh mamlakatlari xalqaro ekspertlari ishtirok etdi. Ushbu seminar Jorj K. Marshall nomidagi Yevropa markazining uchinchi tadbiri hisoblanadi.
Ekspertlarning o‘zaro aloqasi internet infratuzilmasini kibertahdidlardan himoya qilishga yo‘naltirilgan.
Mavzuga oid
20:48 / 10.10.2025
Pavel Durov «erkin internetni qutqarishga» chaqirdi
22:20 / 08.10.2025
Xitoy hukumati ijtimoiy tarmoqlarda yangi senzura kampaniyasini boshladi
12:18 / 21.07.2024
Samarqandda xaker yigit taniqli boylarni aldab pullarini o‘zlashtirdi
19:07 / 14.01.2022