Jahon | 10:21 / 14.01.2017
12016
1 daqiqa o‘qiladi

Aksariyat amerikaliklar Rossiyani AQSh uchun tahdid deb hisoblashi ma'lum bo‘ldi

foto: Reuters

Amerikaliklarning deyarli 82 foizi Rossiyani AQSh uchun jiddiy xavf deb qabul qiladi. Bu haqda Ipsos ijtimoiy markazi va Reuters agentligi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada aytildi.

Ta'kidlanishicha, Rossiyani tahdid deb qabul qiluvchi amerikaliklar soni bir yilda 6 foizga o‘sgan.

Bundan tashqari, AQShning ko‘pchilik fuqarosi Rossiyani, Xitoy va Saudiya Arabistonidan ham ko‘ra ko‘proq xavf deb qabul qilishlari xabar qilindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid