Kostasiz «Chelsi», Albioncha «klasiko» va APL 21-turining boshqa uchrashuvlari anonsi
14 yanvar shanba kuni Angliya premer-ligasi qisqa tanaffusdan keyin yana davom ettiriladi. 21-tur doirasida bir qator qiziqarli uchrashuvlar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Turning markaziy uchrashuvi yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. «Manchester Yunayted» o‘z uyida «Liverpul»ni qabul qiladi. Ammo bu uchrashuvga qadar bir qator afishasi yuqori bo‘lgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Peshqadam «Chelsi» Diyego Kostasiz amaldagi chempion «Lester»ga qarshi, «Manchester Siti» Kuman boshchiligidagi «Everton»ga qarshi uchrashuvlar va boshqa o‘yinlar anonsi bilan Tribuna.Uz tanishtirib o‘tadi.
TOTTeNHEM — VeST BROMVICh 17:30 (Match! Futbol 1)
«Tottenhem» so‘nggi oylarda yengilmas jamoaga aylandi. Barcha musobaqalarni qo‘shganda ketma-ket oltita, jumladan fantastik g‘alabali seriya o‘tkazayotgan «Chelsi» mag‘lub etildi. Biroq «shporlar» ehtiyot bo‘lishi talab etiladi. Sababi o‘tgan yili aynan «Vest Bromvich»ga qarshi o‘yinda ochko yo‘qotgan Pochettino jamoasi amalda chempionlik unvonini boy berib qo‘ygandi. Bu ikki jamoa o‘rtasidagi so‘nggi yetti o‘yinning beshtasi durang natija qayd qilingan.
«Tottenhem»da yagona yo‘qotish Erik Lamela bo‘lib turibdi. «Vest Bromvich» esa jarohati sabab himoyachi Jonni Evans xizmatidan foydalana olmaydi. Kris Brant va Jonatan Lekoning maydonga tushishi so‘roq ostida qolmoqda.
VeST HEM — KRISTAL PELAS 20:00
«Kristal Pelas»ning yangi bosh murabbiy Sem Ellardays sobiq jamoasi uyiga safar uyushtiradi. Katta Sem ehtimolki, «Vest Hem» va Dimitri Payyet o‘rtasida yuzaga kelgan vaziyat tufayli jamoa ichki muhiti buzilganidan foydalanib qolishga harakat qiladi. Agar «burgutlar» «bolg‘aurarlar» ustidan g‘alaba qozonishni istasa, APLda qolish uchun kurashda o‘ziga kelib olishi mumkin bo‘ladi. «Vest Hem» o‘z uyidagi so‘nggi to‘rtta uchrashuvning birortasida «Pelas»ni mag‘lubiyatga uchrata olmayapti.
«Vest Hem»da asosiy futbolchi Dimitri Payyet maydonga tushmaydi, ammo Jyeyms Kollinz va Sem Bayram safga qaytishga ulgurgan. Micheyl Antonioning ishtiroki esa so‘roq ostida qolmoqda. «Kristal Pelas»da kichik jarohatdan keyin Kristian Benteke safga qaytgan. Uilfrid Zaa va Bakari Sako Afrika kubogida ishtirok etish uchun jo‘nab ketishgan.
UOTFORD — MIDLSBRO 20:00
So‘nggi besh uchrashuvdagi bir ochko «Uotford» ustozi Valter Matstsarrining kursisini qimirlatib qo‘ydi. Agar u vaziyatni tezda o‘nglay olmasa, APLdagi boshqa omadsiz hamkasblari singari ishsiz qolishi mumkin. «Midlsbro» g‘alaba qozongan taqdirda raqibiga ochkolar bo‘yicha yetib olishi mumkin bo‘ladi. Jamoalarning so‘nggi olti uchrashuvida «Uotford» birorta ham uchrashuvda yutqazmagan.
«Uotford» safida «Everton»dan ijaraga olingan Tom Kleverli maydonga tushishi kutilmoqda. Eurelo Gomes, Xose Xolebas, Xuan Suniga, Valon Bexrami va Stefana Okaka sog‘ligi bilan bog‘liq muammolarni hal qilib olishgan. «Midlsbro»da diskvalifikatsiya tufayli Daniel Ayala o‘ynay olmaydi. Viktor Valdes va Viktor Fisher jarohatilaridan qutulgan, ammo Antonio Barragan va Gaston Ramires hozircha jamoa lazaretida qolmoqda. Shuningdek jamoaning yangi futbolchisi Rudi Jyested uchrashuvda debyut qilishi kutilmoqda.
SUONSI — ARSeNAL 20:00 (Match! Futbol 1)
«Arsenal» chempionlik uchun jiddiy kurashni davom ettirishni istasa bu uchrashuvda faqatgina g‘alaba uchun maydonga tushishi kerak bo‘ladi. «Kanonirlar» uchun jamoaning g‘alabalarga tashna yangi murabbiyi Pol Klement xalaqit qilishi mumkin. «Suonsi» «Arsenal»ga qarshi premer-liganing so‘nggi besh uchrashuvdan uchtasida g‘alaba qozongani e'tiborga molik.
«Suonsi» himoyachisi Nil Teylor mashg‘ulotlarda qo‘lini sindirib olgan. PSVdan sotib olingan Lusiano Narsingx hozircha jarohatidan to‘liq tuzalgani yo‘q. Uchta uchrashuvdan keyin «Arsenal» yarimhimoyachisi Mesut O‘zil safga qaytadi. Ektor Bellerin va Fransis Kokelen esa Per Mertezaker, Kiran Gibbs, Muhammad Elneni, Santi Kasorla va Teo Uolkotdan iborat jamoa lazaretini to‘ldirishadi.
SANDeRLeND — STOK SITI 20:00
Mavsumni o‘ta yomon boshlagan «Stok» keyinroq biroz bo‘lsada o‘ziga keldi. Ammo bu yetarli bo‘lmasligini Mark Xyuz yaxshi tushunib turadi. Angliya kubogida «Vulverhempton»dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin jamoa bor e'tiborini faqat APLga qaratishiga to‘g‘ri keladi. Ligada qolish uchun kurashayotgan «Sanderlend» esa o‘z uyida biror marta ham mag‘lub bo‘lmagan raqibiga qarshi (6 g‘alaba 2 durang) yana mag‘lub etishga harakat qilib ko‘radi.
«Sanderlend» lazaretini Billi Jons va Viktor Anichebe tark etdi. Lamin Kone, Dide Ndong va Vahbi Hazrilar esa Afrika kubogida ishtirok etish uchun jo‘nab ketgan. «Stok» hujumchisi Jonatan Uolters tizzasini operatsiya qildirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Maru Munesa va Fil Bardsli uchrashuvda ishtirok eta olmaydi. Ramazon Subhi, Vilfrid Boni va Mame Biram Diuf Afrika kubogiga yo‘l olishgan.
HALL SITI — BORNMUT 20:00
«Suonsi» murabbiyi kabi bu uchrashuv «Hall» bosh murabbiyi Marko Silva uchun APLdagi debyut uchrashuvi bo‘ladi. Chempionshipga tushib ketish uchun asosiy da'vogar sifatida ko‘rilayotgan jamoa turnir jadvalida o‘zini ancha yaxshi his qilayotgan «Bornmut»dan ustun kelishga harakat qiladi. Birinchi davrada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «Bornmut» 6:1 hisobida raqibdan ustun kelgan.
«Hall» bu uchrashuvda yangi xarid qilingan Evandro va ijaraga olingan Umar Niass xizmatidan foydalanishi mumkin. Kyortis Devis, Maykl Douson, Josh Taymon va Jyek Livermorlar ham yana safga qaytishgan. «Bornmut» esa Rayan Freyzer jarohatdan so‘ng maydonga qaytishi kutilmoqda. Jamoa sardori Saymon Frensis esa hamon diskvalifikaitsya muddatini o‘tamoqda. Natan Ake muddatidan oldin «Chelsi»ga qaytdi, Maks Gradel esa hozirda Afrika kubogida bo‘lib turibdi.
BYoRNLI — SAUTHeMPTON 20:00
Faqatgina «Chelsi» va «Tottenhem» bu mavsumda o‘z uyidagi uchrashuvlarda «Byornli»dan ko‘proq g‘alaba qozongan. Jamoa uyda va mehmonda butunlay ikki xil jamoaga aylanadi. Shunday ekan shanba kungi uchrashuv «Sauthempton» uchun qiyin kechishi aniq. Mehmonlar APLning so‘nggi uch uchrashuvida mag‘lubiyatga uchradi, ammo liga kubogida yomon ishtirok etmayapti. Jamoa hafta o‘rtasida «Liverpul»dan kichik hisobda ustun keldi. Bu ikki jamoaning so‘nggi ikki uchrashuvida esa «Sauthempton» g‘alaba qozongan.
«Byornli» safida Skott Arfild va Yoxann Berg Gudmundsson maydonga tusha olmasligi mumkin. Jorj Boyd va Jon Flanagan kichik jarohatlaridan qutulgan. «Sauthempton» esa Stiven Devisning sog‘lig‘i bo‘yicha fitnes-testdan keyin aniq bo‘ladi. Joze Fonte esa hamon uchrashuvlardan chetda qolmoqda.
LeSTeR — CheLSI 22:30 (UzReport, Match! Futbol 1)
Uchrashuvdan oldin «Chelsi»da muammolar paydo bo‘lgani haqida xabar jahon matbuoti bo‘ylab tarqadi. Xitoydan chiqqan taklif asosiy hujumchi Diyego Kostaning xayolini o‘g‘irladi. Binoyidek futbol o‘ynab yurgan futbolchi 30 million funt sterling yillik maoshdan keyin londonliklar bilan ishlagisi kelmay qoldi. Natijada u bosh murabbiy Antonio Konte bilan kelisha olmay qoldi. Bu janjal natijasida Kosta bugungi uchrashuvda maydonga tusha olmaydigan bo‘lib turibdi. Bu avgustdan buyon faqatgina o‘tgan turda mag‘lubiyatga uchragan jamoadagi ichki muhitga qanchalik ta'sir qilishini bu uchrashuv ko‘rsatib beradi. To‘g‘ri, «Lester» bu ikki jamoa o‘rtasidagi so‘nggi 9 uchrashuvning faqat 1tasida g‘alaba qozongan. Mourinoning Londondagi faoliyatiga yakun yasagan o‘yin o‘tgan mavsumda bo‘lib o‘tgandi.
«Lester» safida Jyeymi Vardi yana maydonga tushishi mumkin. Leonardo Uloa jarohat olgan. Daniel Amarti, Riyoz Mahrez va Islom Slimanilar esa Afrika kubogida ishtirok etish uchun jo‘nab ketishgan. «Chelsi»da Diyego Kostaning o‘rnini kim egallashi ochiq qolmoqda. Ijaradan qaytarib olingan. Natan Ake Jon Terrining o‘rnini egallashi mumkin bo‘ladi.
EVeRTON – MANCheSTeR SITI (15 yanvar, UzReport, Match! Futbol 1)
Mavsumni bir tekisda o‘tkaza olmayotgan Xosep Gvardiola shogirdlari chempionlik uchun kurashishi uchun qolgan uchrashuvlarda ochko yo‘qotishga haqqi yo‘q. Ikki jamoaning birinchi davradagi uchrashuvida «Etihad»da to‘liq ustunlik mezbonlar tarafida bo‘lgan esada, «Everton» bir ochko bilan qaytishga muvaffaq bo‘lgandi.
«Manchester Siti» Ilkay Gundo‘g‘andan uzoq muddatga ayrilgan. Vinsan Kompani va Fabian Delf mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgan bo‘lsada, bu uchrashuvda maydonga tushishi suroq ostida qolmoqda. Leroy Sane esa o‘ynashga tayyor bo‘lib turibdi. «Everton» esa Umar Niass va Tom Kleverlini ijaraga berib yubordi. Bu uchrashuvda jamoa ortiqcha muammolarga duch kelmagan.
MANCheSTeR YuNAYTeD – LIVeRPUL (UzReport, Match! Futbol 1)
Mavsumni yaxshi boshlay olmagan «Manchester Yunayted» so‘nggi olti uchrashuvdirki o‘ziga kelib oldi va maksimal ochko to‘pladi. Nihoyat Joze Mourino yangi jamoasida o‘yinin topib olgandek ko‘rinmoqda. Yurgen Klopp jamoasi esa chiroyli o‘yin ko‘rsatayotgan bo‘lsada, natijalar bir tekisda ketmayapti. Jamoa bir turda «Manchester Siti»ni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, keyingi turda o‘rtamiyona yoki autsayderlarga qarshi uchrashuvda ochko yo‘qotmoqda. «Liverpul» hamon chempionlik uchun «Chelsi»ning eng asosiy raqobatchisi bo‘lib turibdi. Bu uchrashuvdagi g‘alaba bu kurashda jamoa katta ishonch berishi mumkin. Ikkala jamoaning birinchi uchrashuvida tomonlar o‘ta nursiz o‘yin ko‘rsatib, nursiz durangga imzo chekishgan.
«Manchester Yunayted» safida Erik Bayi maydonga tusha olmaydi. «Liverpul» tarkibida esa Felipe Koutino yana safga qaytishi kutilmoqda. Sado Mane Afrika kubogida ishtirok etish uchun jo‘nab ketgan. Qolgan tarkibning asosiy futbolchilari o‘yinda ishtirok etishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
13:53 / 29.08.2024
Palmerdan Meynugacha: APL klublarining «javohirlar»i
22:07 / 16.08.2024
APLda yangi mavsum boshlanmoqda. Kuchli to‘rtlikda o‘zgarishlar bo‘ladimi?
17:11 / 27.04.2024
APLda chempionlik va YeChL yo‘llanmasi uchun kurash avjiga chiqmoqda. Hafta o‘yinlari anonsi
12:22 / 02.01.2024