Jamiyat | 13:32 / 14.01.2017
9555
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Tailandda qiruvchi samolyot aviashou paytida quladi

Tailand janubida JAS 39 Gripen qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. Hodisa aviashou paytida yuz bergan, deb xabar tarqatdi Bangkok Post.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, voqea Songkxla viloyatidagi Xat'yay shahrida bolalar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan aviashouda yuz bergan.

Samolyot uchuvchi uchish-qo‘nish yo‘lagida kutilmagan hujumkor harakatni amalga oshirmoqchi bo‘lganida qulagan. Uning halok bo‘lgani aytilmoqda.

Aeroport binosi ro‘y bergan fojiadan so‘ng yopib qo‘yildi, tijorat reyslari esa boshqa aeroportga ko‘chirildi.

Mamlakat hukumati hodisa sabablari o‘rganishga kirishdi. Bosh vazir general Prayut Chan-Ocha halok bo‘lgan uchuvchining oila a'zolari hamdardlik bildirgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid