Tailand bojxona xizmati ma’lumotiga köra, voqea 1 iyul kuni Pxuket xalqaro aeroportida yuklarni tekşiriş çoğida aniqlangan.

Tekşiruv davomida ikki nafar 26 yoşli Özbekiston fuqarosining çemodanlaridan vakuumli qadoqlangan quritilgan kannabis gullari, kannabis smolasi va qayta işlangan kannabis mahsulotlari topilgan.

Birinçi gumonlanuvçining törtta yukidan ikkitasi şubha uyğotgan. Tekşiruv natijasida umumiy oğirligi 9,8 kilogramm bölgan 30 ta qadoqlangan quritilgan kannabis, şuningdek, 1,03 kilogramm oğirlikdagi 14 dona qayta işlangan kannabis mahsuloti aniqlangan.

Ikkinçi fuqaroning yuklaridan esa 9,8 kilogramm quritilgan kannabis, 4,1 kilogramm kannabis smolasi hamda umumiy oğirligi 2 kilogramm bölgan turli qayta işlangan kannabis mahsulotlari topilgan.

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar ikki şaxsga nisbatan Tailandning 2017 yilgi Bojxona töğrisidagi qonuniga muvofiq tovarlarni bojxona tartib-qoidalariga rioya qilmasdan mamlakatdan olib çiqişga uriniş böyiça ayblov qöyilganini ma’lum qildi. Şuningdek, ularga giyohvandlik vositalari va nazorat qilinadigan ösimliklar muomalasiga oid qonunçilikni buziş yuzasidan ham ayblovlar bildirilgan.

Qölga olinganlar va musodara qilingan aşyoviy dalillar keyingi tergov harakatlarini ötkaziş uçun Sakxu politsiya bölimi tergovçilariga topşirilgan.

Tailand bojxona xizmati kannabisni mamlakatdan noqonuniy olib çiqiş jinoyat hisoblanişini ta’kidladi. Amaldagi qonunçilikka köra, bunday huquqbuzarlik uçun har bir kilogramm kannabis uçun 30 ming batgaça jarima yoki sud qaroriga qarab ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qöllanişi mumkin.

Mahalliy naşrlar ma’lum qilişiça, sönggi vaqtlarda xorijlik sayyohlar iştirokida kannabis bilan boğliq hodisalar köpaygani sababli Pxuket ma’muriyati uşbu mahsulotlar aylanmasi ustidan nazoratni yanada kuçaytiriş tarafdori ekanini bildirgan.