Jahon | 10:05 / 16.01.2017
30587
2 daqiqa o‘qiladi

Bishkekda yuk samolyoti qulashi oqibatida 30 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi

Foto: RIA

Bishkek yaqinida 16 yanvar ertalabki vaqt yuz bergan aviafalokat oqibatida 30 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda

Turkish Airlines aviakompaniyasining Gonkong-Bishkek reysini bajarayotgan Boeing 747 yuk samolyoti Bishkekdagi Manas aeroportiga qo‘nish vaqtida falokatga uchragan. Ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot aeroport yaqinidagi dala hovlilar joylashgan qishloqqa qulagan. 

"Ayni vaqtda samolyot qulashi oqibatida halok bo‘lganlar bo‘yicha ma'lumotlar aniqlashtirilmoqda, biroq gap mahalliy aholi va samolyot ekipajidan bo‘lgan kamida 30 kishi haqida ketmoqda", deb aytilgan xabarda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, voqea joyiga Qirg‘iziston bosh vaziri Sooronbay Jeenebekov va sog‘liqni saqlash vaziri Talantbek Batiraliyev yetib kelgan. Qutqaruv ishlarini o‘tkazish bo‘yicha shtab tashkillashtirilgan.

Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar vazirligining ma'lum qilishicha, samolyotning qulashi oqibatida ikkita uy yonib ketgan. Hozirda mahalliy aholi orasidan 20 dan ko‘proq odam, jumladan 6 nafar bola va samolyot ekipajining 3 a'zosi halok bo‘lgani ma'lum. 5 kishi og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketilgan. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, voqea joyida chiqqan yong‘in bartaraf etilgan, voqea joyi vayronalardan tozalanmoqda.  

 

Mavzuga oid